Page 144 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 144

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi totalitarizm
                  va demokratiya jarayonlarini tushuntirib berish.
                     Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Markaziy va Sharqiy Yevropa
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida mazkur mamlakatlar taraqqiyoti-
                  mamlakatlarining totalitarizm va demokratiya oralig‘idagi manzarasini ochib berish;


                  dagi hal qiluvchi omillarni ko‘rsatib berish.
                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     • o‘quvchi Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, totalitarizm, demokratiya
                  kabi tushunchalarning mohiyatini tushunib oladi;
                     •  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlarining  totalitarizm  va  demokratiya
                  jarayonlari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
                     • topshiriqlarni bajarish jarayonida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari
                  tarixiga oid maʼlumotlardan foydalana oladi;
                     • Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi voqealarni tahlil qiladi;
                     • Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining shu davrga oid muhim ko‘rsat-
                  kichlarini umumlashtiradi;
                     •  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlaridagi  totalitarizm  va  demokratiya
                  haqidagi fikrga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq.  O‘zlashtirilgan  bilimlarni  takrorlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga
                  avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari
                  Ikkinchi jahon urushi yillarida” mavzu sida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini Markaziy va Sharqiy Yevropa
                  mamlakatlari  tarixidagi  muhim  sanalar  va  voqealar  berilgan  quyidagi  jadvalga
                  qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.

                        1-jadval           Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari totalitarizm
                                                          va demokratiya oralig‘ida



                          Yillar                                 Tarixiy voqealar


                                           Hukumatlar  koalitsiyalariga  birlashgan  siyosiy  kuchlar  oʻz
                                        davlatlarining kelajagi va taraqqiyot yoʻllari toʻgʻrisida bir-biridan
                                        farqli, koʻp jihatdan qarama-qarshi qarashlarga ega edi. Ularning
                                        bir  qismi  urushdan  oldingi  rejimlarni  tiklash  tarafdori  boʻlsa,
                                        boshqalari Gʻarbiy Yevropaning demokratik modeliga havas bilan
                                        qarardi.  Uchinchilari  sovet  namunasiga  taqlid  qilib,  proletariat
                    1947–1948-yil lar
                                        diktaturasi  davlatini  qurishni  istardi.  Bu  kuchlar  oʻrtasidagi
                                        kurashning hal qiluvchi davri ayni shu yillarga to‘g‘ri keldi. Tarixiy
                                        nuqtayi nazardan juda qisqa vaqt ichida koʻpchilik Markaziy va
                                        Sharqiy Yevropa mamlakatlarida hokimiyat kommunistlar qoʻliga
                                        oʻtdi.  Bu  kommunistlarning  hujumkor  taktikasi  va  Sovet  Ittifoqi
                                        tomonidan ularga koʻrsatilgan yordamning natijasi edi.






                                                            144
   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148   149