Page 139 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 139

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               3. Sovet Ittifoqida islohotlar bilan bog‘liq muammolar.
               4. Sovet Ittifoqining ichki va tashqi siyosati.
               5-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
            va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).

                                                     2-jadval

                                      Sovet Ittifoqida inqirozning sabablari





                    Qayta qurishning samarasizligi                  Iqtisodiy muammolar                    METODIK QO‘LLANMA





                                                Ijtimoiy ziddiyatlar



               O‘quvchilarga Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz davrida amalga oshirilgan ishlarni
            jadval tarzida to‘ldirish topshirig‘i beriladi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).

                                           O‘ylab ko‘rib xulosa chiqaring!


                                     1986-yil  26-aprelda  Chernobil  atom  elektrostansiyasida
                                     halokat  yuz  berdi;  jahon  bozorida  neftning  narxi  keskin
                                     tushib  ketdi;  yiliga  o‘n  milliardlab  rublni  tashkil  qilgan
                                     alkogol  savdosidan  tushadigan  daromadni  qoplashning
                                                            iloji bo‘lmadi.


                  3-jadval            Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz davrida amalga
                                                         oshirilgan ishlar


               Davrlar                            Amalga oshirilgan ishlar


                              L. Brejnev maʼmuriyati nazariy yoʻriqlarining asl mohiyati va natijasi
                           1977-yili  qabul  qilingan  SSSRning  yangi  –  rivojlangan  sotsializm
                           konstitutsiyasida  oʻz  aksini  topdi.  Unda  “Kommunistik  partiya
                           jamiyatning yoʻnaltiruvchi va rahbar kuchi, siyosiy tuzumning yadrosi”,
                           deyilgan  boʻlib,  bu  KPSSning  siyosiy  tizimdagi  yakkahukmronlik
              Iliqlik davri  mavqeyini   mustahkamladi.      Bunday     modda  hatto  1937-yilgi
              va jamiyat  konstitutsiyada ham yoʻq edi. 1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur
                inqirozi   inqirozi  holatida  kirib  keldi.  Bu  davrda  jamiyatning  axloqiy  buzilish
                           jarayoni yuz berdi. Proteksionizm, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya kabi
                           illatlar tuzumning poydevorini yemirdi, uning intihosini yaqinlashtirdi.
                           1980-yillari kommunizm qurish toʻgʻrisidagi reja barbod boʻlib, odamlar
                           endi kommunizm safsatasiga ishonmay qoʻydi. Aholining katta qismi
                           “boriga baraka” deb, shukur qilib yashardi.





                                                         139
   134   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144