Page 140 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 140

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi

                                    1985-yil 10-martda K.Chernenko vafot etdi. Bu paytga kelib partiya va
                                 davlat boshqaruvidagi hatto eng konserva tiv kuchlar ham “intellektual
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   Qayta   kundan soʻng boʻlib oʻtgan KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh
                                 va siyosiy jihatdan zaif, qarashlari qoloq boʻlgan yana bitta Chernenkoga
                                 mamla kat  bardosh  bera  olmaydi”  degan  yakdil  xulosaga  keldi.  Bir

                                 kotib qilib sayladi. 1980-yillarning oʻrtalarida SSSR tashqaridan juda
                                 qudratli davlat boʻlib koʻrinar edi. Mamlakat nisbatan kuchli iqtisodiyot,
                      qurish
                                 cheksiz  tabiiy  boyliklar  va  mustahkam  mudofaa  qudratiga  ega  edi.
                                 Aslida esa mamlakatda koʻplab hal qilinmagan muammolar toʻplanib
                                 qolgan  boʻlib,  iqtisodiy  rivojlanishning  sifat  koʻrsatkichlari  yil  sayin
                                 pasayib borardi. Mehnat unumdorligi amalda oʻsishdan toʻxtagan edi.
                                 KPSS MKning 1985-yil aprel plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
                                 rivojlantirishni jadallashtirish dasturi “yangi rahbariyat va butun sovet
                                 jamiyatining maqsadi” deb eʼlon qilindi.




                                                 Qo‘shimcha maʼlumot
                        GKCHP va sotsialistik islohotchilikning barbod bo‘lishi. 1991-yil avgust
                     oxirida Yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi kutilayotgan edi. Unga Boltiqbo‘yidan
                     tashqari  barcha  respublikalar  rozilik  bildirdi. Ammo  voqealar  butunlay  boshqa
                     tomonga  burilib  ketdi.  Ko‘pchilik  respublikalarda,  jumladan,  O‘zbekistonda  bu
                     paytga kelib mustaqillik harakati real kuchga aylangan, endi uni ortga qaytarishning
                     iloji yo‘q edi.
                        Shunday sharoitda 1991-yil 18-avgustdan 19-avgustga o‘tar kechasi SSSR vitse-
                     prezidenti A. Yanayev, bosh vazir V. Pavlov, KGB (Davlat xavfsizlik qo‘mitasi) raisi
                     V.  Kryuchkov,  mudofaa  vaziri  Y.  Yazov  va  boshqalardan  iborat  GKCHP
                     (Favqulodda holat davlat qo‘mitasi) tuzildi. M. Gorbachyov Qrimda dam olayotgan
                     edi. U GKCHPni tuzgan o‘z safdoshlarini qo‘llamadi.





























                                                GKCHPning barbod bo‘lishi






                                                            140
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145