Page 154 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 154
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
1966–1967-yillardagi qarshiliklarni bostirish jarayonida Mao Szedun tashabbusi
bilan “Madaniy inqilob” deb atalgan kampaniya amalga oshirildi. Bu inqilobning
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA boshladi. Partiya va davlat apparatining yuz minglab xodimlari qatl etildi yoki
yoshlar otryadlari (“xongveybinglar” – qizil gvardiyachilar) amaldorlarga hujum
“qayta tarbiyalash” uchun chekka hududlarga surgun qilindi. Bu davrda Xitoy va
SSSR o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi, 1969-yilda qurolli to‘qnashuvlar
sodir bo‘ldi.
1972-yilda Xitoy AQSH bilan shartnoma tuzdi. 1976-yil 9-sentyabrda
Mao Szedunning oʻlimi ichki siyosiy kurashning kuchayishiga olib keldi. Mao
siyosatining aqidaparast tarafdorlari (“to‘rt kishilik to‘da”) hibsga olindi. Partiya
va davlat boshida Maoning sobiq safdoshi, “Madaniy inqilob” yillarida azob
chekkan Den Syaopin (Deng Syaoping) turardi. 1978-yilda e’lon qilingan “To‘rt
modernizatsiya” siyosati sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va armiyani qayta
qurollantirish sohalaridagi o‘zgarishlarni nazarda tutgan edi.
80–90-yillarda Xitoyda Kommunistik partiya rahbarligida mamlakat qiyofasini
tubdan o‘zgartirgan jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Islohotlar qishloq xo‘jaligi dan
boshlandi. Kooperativlarning aksariyati tarqatib yuborildi, har bir dehqon xo‘jaligi
uzoq muddatli ijara yer uchastkasiga ega bo‘ldi. Asta-sekin oziq-ovqat muammosi
hal qilindi. Sanoat korxonalariga mustaqillik berildi, bozor munosabatlari rivoj-
landi. Xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. Xorijiy kapital tobora ko‘payib bordi. XX
asr oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi 5 baravar oshdi, Xitoy tovarlari
xorijda, shu jumladan, Qo‘shma Shtatlarda g‘alabali kengayishni boshladi. Aholi
salmoqli qismining turmush darajasi oshdi.
III. Refleksiya bosqichi.
6-topshiriq. Esse yozish. “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida asoslangan esse yozish.
7-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. 1960-yili Afrikada nechta davlat mustaqillikka erishdi? 17 ta.
2. Nechanchi yilda Hindiston va Pokiston ikki davlatga ajraldi? 1947-yil.
3. Qachon Xitoy Xalq Respublikasi eʼlon qilindi? 1949-yil 1-oktyabrda.
4. Nechanchi yil anʼanaviy islom qadriyatlariga va hayot tarziga qaytish shiori ostida
boshlangan harakat butun mamlakatni qamrab oldi? 1979-yil.
5. Bitta shaxs (yoki guruh) hokimiyatining almashmasligiga asoslangan nodemokratik
siyosiy rejim nima deyiladi? Avtoritarizm.
6. Janubi-sharqiy Osiyodagi qaysi mamlakatlar mustaqillikning dastlabki davr larida
ichki va tashqi urushlarni boshdan kechirdi? Filippin, Koreya, Vyetnam.
Uy vazifasi
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini aks ettiruvchi jadval
tayyorlang.
154