Page 157 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 157
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Xitoyda SSSR yordamida sotsializm qurish boshlandi. Ammo
1956-yildan ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar buzildi. 1958-yili
qabul qilingan reja Xitoyda muddatidan oldin kommunizm qurishni
nazarda tutgan edi. Bu reja sanoat ishlab chiqarishi va qishloq
1950-yil xoʻjaligining jadal oʻsishini koʻzda tutdi. U “Katta sakrash” siyosati
deb atalib, uning tarkibiy qismi “texnik inqilob” boʻldi. Mehnat
samaradorligini oshirish “Uch yil matonatli mehnat – uch ming yil baxt-
saodat” shiori ostida olib borildi. 12 soatlik ish kuni oʻrnatildi, odamlar
dam olish kunlarisiz va taʼtilsiz mehnat qildi.
Xitoyda byurokratiyaga qarshi kurash jarayoni “Madaniy inqilob” METODIK QO‘LLANMA
nomini oldi. U mamlakatda Mao Szedunning shaxsiy hokimiyatini
oʻrnatish, muxolifatni bartaraf etish uchun olib borilgan siyosiy jarayon
edi. “Madaniy inqilob” ziyolilarga qarshi keng miqyosli qatagʻonlarga
1966-yil
aylanib ketib, madaniyat va taʼlimga juda katta zarar yetkazdi,
feodal urf-odat va anʼanalarga qarshi kurash shiori ostida koʻplab
madaniyat yodgorliklari yoʻq qilindi, tashqi siyosiy kurs keskin oʻzgarib,
mamlakatda antisovetizm kuchaydi.
Mao Szedun vafot etdi. “Madaniy inqilob” rasman yakunlandi.
1976-yil
9-sentyabr Hokimiyatga kelgan Den Syaopin pragmatik islohotlarning yangi
konsepsiyasini ishlab chiqdi.
3-topshiriq. Xarita bilan ishlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga Yaponiya, Xitoy va
Janubiy Koreya hududlarini xaritadan ko‘rsatish topshirig‘ini beradi.
157