Page 161 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 161
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
mamlakatni sharmandali inqirozdan olib chiqish uchun hatto shaxsiy qimmatbaho
buyumlaridan ham voz kechdilar. Bularning hammasi o‘z natijasini berdi: Janubiy
Koreya qisqa vaqt ichida inqirozdan chiqib, jahon iqtisodiyotida yana o‘z o‘rnini
egalladi.
Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin. Janubi-Sharqiy Osiyoning bu to‘rtta
davlati Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan rivojlanayotgan
va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‘lqin davlatlari hisoblanadi.
Bularning barchasini parlament demokratiyasi va ko‘ppartiyaviylik tizimi, xususiy
mulkka asoslangan tadbirkorlikni va erkin bozorni taraqqiy ettirish, rivojlangan
mamlakatlarning yordamiga tayanish va tashqi investitsiyalar uchun qulay sharoit METODIK QO‘LLANMA
yaratish kabi umumiy jihatlar birlashtirib turadi.
Tailand – bu mamlakatlar ichida ilgari mustamlaka bo‘lmagan yagona davlat.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘z iqtisodiyotini chet el, birinchi o‘rinda AQSH kapitali
uchun ochdi. AQSHning katta harbiy va iqtisodiy yordami tufayli juda tez rivojlandi.
Ammo siyosiy holat 2000-yillargacha ancha beqaror bo‘lib, harbiy to‘ntarishlarga
urinishlar bo‘lib turdi. Qishloq xo‘jaligida sholi va kauchuk asosiy eksport mahsuloti
hisoblansa, 1980-yillardan boshlab sanoatning elektrotexnika, elektronika va
neftkimyo sohalari ham rivojlandi. Tailand bugun dunyoning sayyohlik markazlaridan
biriga aylanmoqda.
Malayziya va u bilan bitta davlatga birlashgan Shimoliy Kalimantan, Saravak
va Sabax konstitutsion monarxiya hisoblanadi. 13 shtatdan 9 tasi sultonlik bo‘lib,
asosiy aholisini musulmonlar tashkil qiladi. Aholisining 1/3 qismi xitoyliklardan
iborat. 1980-yillargacha shaharlarda asosan xitoy va hindlar yashagan, mahalliy
aholi –malayyalar shahar hayotiga juda qiyinchilik bilan ko‘nikmoqda. Hukumat juda
ehtiyotkorlik bilan bo‘lsa-da, siyosiy hayot va iqtisodni “malayyalashtirish” yo‘lidan
bormoqda.
Indoneziyani Ikkinchi jahon urushi yillari Yaponiya bosib oldi. 1945-yil 17-avgust
kuni mamlakat mustaqil Indoneziya Respublikasi deb e’lon qilindi. 1945-yil sentyabrda
ingliz, keyinroq golland qo‘shinlari Indoneziyaga bostirib kirdi. 1949-yil noyabrda
Gollandiya Indoneziyaning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. Biroq Indoneziya
16 ta hududga bo‘lib tashlandi va mamlakat “Indoneziya Qo‘shma Shtatlari” deb
yuritila boshladi. 1950-yili Indoneziya unitar davlat deb e’lon qilindi. Gollandiya
qo‘lida qolgan G‘arbiy Irian 1953-yili Indoneziya tarkibiga qo‘shib olindi.
Xo‘jalikning an’anaviy sohalari – sholi, makkajo‘xori yetishtirish bilan birga tog‘-
kon sanoati ham rivojlangan. Yuksak texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar –
kemasozlik, samolyotsozlik, neft kimyosi, avtomobil yig‘ish, radioelektronika sohalari
ham taraqqiy etgan.
Filippin 1946-yili rasman mustaqillik e’lon qilinsa-da, iqtisodiy va siyosiy jihatdan
yana uzoq vaqt AQSH taʼsirida qolaverdi. 1968–1972-yillari xristian va musulmonlar
o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lib o‘tdi. 1965-yili prezidentlikka saylangan Markos 1972-
yili mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. 1986-yili saylovlarda Korason Akino
g‘olib chiqib, Markosning ko‘p yillik diktatorlik tuzumiga barham berdi. Mamlakat
ko‘plab siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan, demokratik yo‘ldan bormoqda.
Iqtisodida YIMning 30% ini qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashkil qiladi. Sanoatning
eng rivojlangan sohalari elektronika, to‘qimachilik, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash,
oziq-ovqat, farmatsevtika hisoblanadi. Filippin koks yong‘og‘i va koks mahsulotlari
eksport qiluvchi eng yirik davlatdir.
161