Page 164 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 164
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Hindiston va Pokiston davlatlarining mustaqillik uchun saʼy-
harakatlari va mustaqillikka erishishini tushuntirib berish.
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA mustaqillikdan keyingi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni ko‘rsatib berish; urush nizolarni hal
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Hindiston va Pokistonning tashkil
topish jarayonini yoritib berish; aniq dalillar va ko‘rgazmali vositalar yordamida
qilishning asosiy vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi kasta tizimi, “yashil inqilob”, “Toshkent deklaratsiyasi” kabi tushunchalar-
ning mohiyatini tushunib oladi;
• Hindiston va Pokiston haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Hindiston va Pokistonning mustaqillik uchun ha-
rakatlari bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Hindiston va Pokistonning zamonaviy siyosiy tizimini tahlil qiladi;
• urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi fikrga o‘zining mustaqil
munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga
avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Ikkinchi jahon urushidan keyin Hindiston va
Pokistondagi ijtimoiy vaziyat” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. “3X4” metodi asosida “Hindiston va Pokistonning mustaqillikka erishi-
shi” mavzusi tahlil qilinadi.
Metodni qo‘llash tartibi:
– o‘qituvchi o‘quvchilarning umumiy soniga qarab ularni 3–5 kishidan iborat kichik
guruh larga ajratadi;
– o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi va har
bir kichik guruhga yuqori qismida yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
– o‘qituvchi kichik guruh aʼzolariga tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat
uchta fikr, yaʼni uchta so‘z yoki so‘zlar birikmasi yoki uchta gap bilan davom ettirishlari
mumkinligini uqtiradi va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi;
– guruh aʼzolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib, davom ettiradi-
lar;
– vazifa bajarilgach, guruh aʼzolari o‘rinlaridan turib, soat mili yo‘nalishi bo‘yicha
joylarini o‘zgartiradilar;
– yangi joyga kelgan guruh aʼzolari shu yerda qoldirilgan tarqatma materialdagi
fikrlar bilan tanishib, unga yana o‘zlarining uchtadan yangi fikrlarini yozib qo‘yadilar;
– guruh aʼzolari yana yuqoridagi kabi joylarini o‘zgartiradilar – shu tariqa kichik
guruh aʼzolari o‘z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma
materiallarga o‘z fikrlarini qo‘shib boradilar;
– o‘z joylariga qaytib kelgan kichik guruh aʼzolari tarqatma materialda to‘plangan
barcha fikrlarni diqqat bilan o‘qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit taʼrif yoki
qoida holatiga keltiradilar;
– har bir kichik guruhning mualliflik taʼriflari yoki qoidalarini guruh aʼzolaridan biri
taqdimot qiladi;
– o‘qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan taʼriflar yoki qoidalarga izoh berib,
ularni baholaydi, so‘ngra mashg‘ulotni yakunlaydi.
164