Page 168 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 168

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     Darsning maqsadi: Turkiya, Eron va Afg‘onistonda amalga oshirilgan islohotlarning
                  mohiyatini tushuntirib berish.
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
                     Darsda  shakllantiriladigan  tayanch  bilimlar:  Turkiya,  Eron  va Afg‘onistondagi
                  ijtimoiy  jarayonlar  manzarasini  ochib  berish;  urush  nizolarni  hal  qilishning  asosiy

                     Darsdan kutiladigan natijalar:
                     • o‘quvchi “Marshal rejasi”, “Oq inqilob” kabi tushunchalarning mohiyatini tushunib
                  oladi;
                     • Turkiya, Eron va Afg‘oniston haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
                     • topshiriqlarni bajarish jarayonida Turkiya, Eron va Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy
                  va siyosiy hayoti bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
                     •  ushbu  davlatlardagi  ijtimoiy  harakatlar,  ularning  boshqa  davlatlar  bilan  bo‘lgan
                  keskin munosabatlarini tahlil qiladi;
                     • urush bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
                     •  urush  orqali  nizolarni  bartaraf  etib  bo‘lmasligi  haqidagi  fikrga  o‘zining  mustaqil
                  munosabatini bildiradi.
                     Darsning borishi:
                     I. Faollashtiruvchi bosqich.
                     1-topshiriq.  O‘zlashtirilgan  bilimlarni  takrorlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga
                  avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya, Eron va
                  Afg‘oniston” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq.  O‘quvchilar  Venn  diagrammasidan  foydalanib  Turkiya,  Eron  va
                  Afg‘onistondagi diniy qadriyat larni o‘zaro solishtiradilar.



















                         TURKIYA                          ERON                   AFG‘ONISTON
























                                                            168
   163   164   165   166   167   168   169   170   171   172   173