Page 173 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 173
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Ikkinchi jahon urushidan keyin Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy
Osiyo mamlakatlarining taraqqiyot yo‘lini tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy Osiyo
mamlakatlaridagi ijtimoiy hayot manzarasini ochib berish; urush nizolarni hal qilishning
asosiy vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasi, “Islom konferensiyasi” tashkiloti, sanksiya
kabi tushunchalarning mohiyatini tushunib oladi;
• Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakat- METODIK QO‘LLANMA
lariga doir maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining taraqqiyot yo‘lini tahlil qiladi;
• urush bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• urush orqali nizolarni bartaraf etib bo‘lmasligi haqidagi fikrga o‘zining mustaqil
munosabatini bildiradi.
METODIK QO‘LLANMA
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Birinchi jahon urushidan keyingi davrda Suriya, Iroq va
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Insert metodi. O‘quvchilar Birlashgan Arab Respublikasining tashkil
etilishini tushuntirib, Insert chizmasi orqali tahlil qiladilar.
1-jadval
V + - ?
3-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarga Suriya, Iroq va Janubi-g‘arbiy Osiyo
mamlakatlari hududlarini dunyo xaritasidan ko‘rsatish topshirig‘ini beradi.
4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1. Suriyada yuz bergan harbiy to‘ntarishlarning sabablari.
2. Hafiz Asadning hokimiyat tepasiga kelishi.
3. Iroqda harbiy to‘ntarishlarning yuz berishi.
4. “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasi.
5. Livanning “erkin mamlakat” deb eʼlon qilinishi.
6. Iordaniyaning tashkil topishi.
7. “Islom konferensiyasi” tashkilotining tuzilishi.
173