Page 177 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 177

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               Darsning maqsadi: Ikkinchi jahon urushidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatlarining
            o‘ziga xos modernizatsiyalash variantlarini tushuntirib berish.
               Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Kuba, Chili va Meksika davlatlarining
            o‘ziga  xos  rivojlanish  yo‘lini  tushuntirib  berish;  aniq  dalillar  va  ko‘rgazmali  vositalar
            yordamida  ijtimoiy  jarayonlarni  ko‘rsatib  berish;  urush  nizolarni  hal  qilishning  asosiy
            vositasi bo‘la olmasligiga alohida e’tibor qaratish.
               Darsdan kutiladigan natijalar:
               • o‘quvchi harbiy rejim, agrar-industrial mamlakat, neokonservativ, “Karib inqirozi” kabi
            tushunchalarning mohiyatini tushunib oladi;
               • Kuba, Chili va Meksika davlatlarining iqtisodi haqidagi tarixiy faktlarni bilib oladi;    METODIK QO‘LLANMA
               •  topshiriqlarni  bajarish  jarayonida  Kuba,  Chili  va  Meksika  davlatlari  bilan  bog‘liq
            maʼlumotlardan foydalana oladi;
               • inqiloblar bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
               •  urush  orqali  nizolarni  bartaraf  etib  bo‘lmasligi  haqidagi  fikrga  o‘zining  mustaqil
                                                                                                           METODIK QO‘LLANMA
            munosabatini bildiradi.
               Darsning borishi:
               I. Faollashtiruvchi bosqich.
               1-topshiriq.  O‘zlashtirilgan  bilimlarni  takrorlash.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga  avval
            o‘zlashtirilgan  bilimlari  asosida  “Ikkinchi  jahon  urushida  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari
            ishtiroki” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
               II. Asosiy bosqich.
               2-topshiriq. Kuba, Chili va Meksika mamlakatlarini dunyo siyosiy xaritasidan ko‘rsa-
            ting.
               3-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1959-yil  1-yanvar  kuni  Fidel  Kastro  boshchiligidagi  qoʻzgʻolonchilar  Gavanaga  kirib
            kelishdi, inqilob gʻalaba qozondi. F. Kastro hukumati faqat keskin sifat oʻzgarishi Kubani
            qoloqlikdan  olib  chiqadi,  jamiyatni  taraqqiyotning  zamonaviy  darajasiga  koʻtaradi  deb
            oʻylab,  keskin  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatni  amalga  oshirdi.  AQSHning  Kubadagi  yangi
            hukumatga  dushmanlarcha  munosabati  aniq  boʻlgach,  F.  Kastro  hukumati  SSSR  bilan
            kelishuv orqali mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 1962-yilgi
            “Karib inqirozi”ga olib keldi.
               4-topshiriq. Mulohaza uchun savollar.
               1. Nima uchun Kuba SSSR bilan yaqinlashuv yo‘lini tanladi? Sabablarini izohlang.
               2. AQSH bu jarayonda qanday yo‘l tutdi?
               5-topshiriq. Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun xos bo‘lgan modernizatsiyalashning
            uchta – inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlarini o‘zaro taqqoslang.


                                                     1-jadval


              T/r   Modernizatsiya varianti                      O‘ziga xos jihatlari


               1            Inqilobiy

               2        Neokonservativ

               3          Islohotchilik



                                                         177
   172   173   174   175   176   177   178   179   180   181   182