Page 182 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 182
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
ko‘rishga majbur boʻldi, barcha siyosiy partiyalardan taqiq olib tashlandi, siyosiy
mahbuslar ozod qilindi. 1994-yili boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng JAR tarixidagi birinchi
qora tanli yoʻlboshchi – Nelson Mandela mamlakat prezidenti boʻldi. Aparteid rejimining
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA o‘quvchilarda tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida bir qancha savollar
agʻdarilishi bilan Afrikada mustamlakachilik toʻliq yakunlandi.
9-topshiriq. Mulohaza uchun topshiriq. O‘qituvchi yuqoridagi maʼlumotni
beradi.
1. Aparteid rejimi Afrika mamlakatlari taraqqiyotiga qay darajada taʼsir o‘tkazdi?
2. Bu rejimga nima uchun aynan BMT tashkiloti qarshilik ko‘rsatdi?
3. Hozirgi kunda ham dunyoda ushbu rejimga o‘xshash boshqa biror rejim bormi?
III. Refleksiya bosqichi.
10-topshiriq. Esse yozish. “Irqchilik va qulchilik – jamiyat taraqqiyoti kushandasi:
Afrika mamlakatlari misolida” mavzusida asoslangan esse yozish.
11-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
3-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Arab-islom sivilizatsiyasi
2 Milliy-ozodlik harakati
Diniy mutaassiblik
3
(fanatizm)
4 Boykot
5 Aparteid
6 Mustamlakachilik
7 Antiimperialistik
12-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. 1952-yilda Misrda inqilob amalga oshirilishi natijasida hokimiyat tepasiga kim
keladi? Jamol Abdul Nosir.
2. J. A. Nosir hukumati Misrni rivojlantirishda qaysi davlat yordamiga tayandi? SSSR.
3. Nechanchi yilda mustaqil bo‘lgan Sudan unitar demokratik respublika deb e’lon
qilindi? 1956-yil.
4. 1951-yili qaysi davlat mustaqil deb e’lon qilindi? Liviya.
5. 1945-yil oktyabrda qaysi shaharda V Panafrika kongressi bo‘lib o‘tdi? Manchester.
6. Nechanchi yil “Afrika yili” sifatida tarixga kirdi? 1960-yil.
Uy vazifasi
Afrika mamlakatlaridagi qulchilik va irqchilikni oʻzida
aks ettiruvchi videorolik tayyorlang.
182