Page 169 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 169
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
So‘ngra quyidagi savolni beradi:
Turkiya, Eron va Afg‘oniston davlatlarida islohotlar qanday amalga oshirildi?
Sabablarini izohlang.
3-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1. Turkiya prezidenti Ismet Inyonyu tomonidan M. Kamol (Otaturk) yo‘lining davom
ettirilishi.
2. Ingliz va sovet qo‘shinlarining Erondan olib chiqib ketilishi va sanoatdagi islohotlar.
3. Shoh hokimiyatining ag‘darilishi.
4. Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarining kiritilishi.
Sovuq urush yillarida Turkiya Gʻarb bilan birga boʻldi. Buyuk Britaniya, keyin AQSH METODIK QO‘LLANMA
Turkiyaga moliyaviy va iqtisodiy yordam koʻrsatdi. Turkiya “Marshall rejasi”ga kiritildi,
NATOga aʼzo boʻldi. Gʻarb davlatlari bilan hamkorlik va ularning yordamiga qaramasdan,
1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy oʻsish surʼatlari past boʻldi. Demokratik jarayonlar
sekin rivojlanib, siyosatda armiyaning roli yuqoriligicha qoldi. Bu bir qator harbiy
toʻntarishlarga olib keldi.
4-topshiriq. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi va o‘quvchilardan uni
to‘ldirishni so‘raydi.
1-jadval
Bosh vazir Turg‘ut O‘zol XX asrning oxirlarida amalga oshirgan
islohotlar va ularning natijalari
A B
D
5-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
1950-yillarning birinchi yarmida Eron siyosati asosan mamlakat neft sanoatini
natsionalizatsiya qilishga qaratildi. Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy zamonaviy,
oʻqimishli kishi edi. U mamlakatda korrupsiyaga qarshi, iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1963-yili referendum oʻtkazilib, unda
shoh mamlakatda islohotlar oʻtkazish taklifini kiritdi. Referendumda aholi shoh takliflarini
qoʻlladi. Bu islohotlar umumiy nom bilan “Oq inqilob” deb ataldi. “Oq inqilob”ning oʻn
yilida Eron iqtisodiy oʻsish boʻyicha dunyoda eng yuqori koʻrsatkichlarga erishdi.
Eronning neftdan oladigan daromadi ham keskin oshdi. Sanoatning mashinasozlik,
stanoksozlik va boshqa sohalari jadal rivojlandi...
6-topshiriq. O‘quvchilarga “Oq inqilob”ning sabablari va jamiyat hayotiga taʼsirini
jadval tarzida to‘ldirish topshirig‘i beriladi.
169