Page 160 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 160
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
amalga oshirildi va u tajribada sinalgan tizim bo‘yicha yengil sanoatdan boshlandi.
Ayniqsa, mamlakat uchun an’anaviy bo‘lgan to‘qimachilikni rivojlantirishga alohida
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Yirik metallurgiya kombinatlari qurilib,
e’tibor qaratildi.
1970-yillarni o‘z ichiga olgan uchinchi bosqichda og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya,
mamlakat po‘lat quyish bo‘yicha Osiyoda Yaponiyadan keyingi ikkinchi o‘ringa
chiqib oldi. Rangli metallar ishlab chiqarish ham sezilarli oshdi. Tobora rivojlanayotgan
metallurgiya Koreyaga o‘z mashinasozlik sanoatiga asos solish imkonini berdi.
Ayniqsa, eksport uchun mo‘ljallangan kemasozlik jadal rivojlandi. Kimyo, neftkimyo,
uy-ro‘zg‘or elektronikasi sohalari ham tez sur’atlar bilan o‘sdi, atom energetikasi
hisobiga mamlakatning energetika bazasi mustahkamlandi.
Shundan so‘ng Janubiy Koreya industrlashtirishning yanada yuqori bosqichiga
o‘tish uchun harakat boshladi: fan yutuqlari va yuqori texnologiyalarga asoslangan
sohalar rivojlantirildi. Yangi texnologiyalarni yaratuvchi ishlab chiqarish va texnologik
parklar tashkil qilindi. Ayni paytda eng ilg‘or chet el texnologiyalarini import qilish
rag‘batlantirildi. Janubiy Koreya iqtisodiyotini bunday modifikatsiyalash mamlakatga
investitsiyalarning oqib kelishini taʼminladi.
Elektronika sanoatining rivojlanishi bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin. Dastlab
lampali radiopriyomniklar, tranzistorlar, diodlar, oq-qora televizorlardan boshlagan
Janubiy Koreya keyin magnitofonlar, rangli televizorlar, kompyuterlar, mikrosxemalar,
so‘ngra videomagnitofonlar, lazerli proigrivatellar, mikroto‘lqinli pechlar va nihoyat
shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishga o‘tdi.
Tashqi savdoda ham shunga mos o‘zgarishlar yuz berdi. Janubiy Koreya
po‘lat, dengiz kemalari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘or elektronikasi va boshqa shu
kabi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha dunyo liderlari safidan o‘rin egalladi.
1990-yillarga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida
shakllandi va postindustrial taraqqiyot elementlariga ega bo‘lib, jahon iqtisodiyotida
muhim o‘rin egalladi. Taraqqiyotning to‘g‘ri strategiyasi “Koreya iqtisodiy mo‘jizasini”
yaratish imkonini berdi. Bugun Janubiy Koreya dunyoning iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlari ichida 12-o‘rinni egallab turibdi.
1993-yildan Janubiy Koreyada “yangi iqtisodiyot” tushunchasi muomalaga kiritildi,
u katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning boshlanishini bildiradi. Davlat yirik moliya-
sanoat guruhlarining yanada rivojlanishini rag‘batlantirdi. Ular qatoriga dunyoga
mashhur “Samsung”, “Hyundai” yoki 1999-yili po‘lat eritish bo‘yicha dunyoda birinchi
o‘ringa chiqib olgan “POSCO” kabi kompaniyalar kiradi. “Yangi iqtisodiyot”da kichik
va o‘rta biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi, tashqi savdo yanada
liberallashtirildi.
Janubiy Koreya iqtisodining rivojlanishidagi tanaffus 1997–1998-yillardagi moliya-
viy-iqtisodiy inqirozga to‘g‘ri keladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish keskin
kamaydi, Koreya tovarlariga talab tushib ketdi. Mamlakatning xalqaro qarzi 140 mlrd
dollardan oshib ketdi. Umuman shunday iqtisodiy halokat yuz berdiki, mamlakat
prezidenti Kim Yon Sam o‘z xalqidan kechirim so‘rashiga to‘g‘ri keldi (jahon tarixida
kamdan kam uchraydigan hol).
Inqirozdan chiqish uchun hukumat iqtisodga aralashishni kamaytirdi. Xalqaro
valyuta fondi (XVF) ham Janubiy Koreyani og‘ir ahvolda tashlab qo‘ymadi: unga 57
mlrd AQSH dollari miqdorida kredit berdi (XVF tarixidagi eng katta kredit). Valyuta
qarzini uzishga koreyslarning o‘zlari ham katta hissa qo‘shdilar. Boy koreyslar
160