Page 153 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 153
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
keyin bosh vazirlik lavozimi uning qizi Indira Gandiga o‘tdi. 1984-yilda I. Gandiga
suiqasd qilinganidan soʻng uning oʻgʻli Rajiv Gandi bosh vazir boʻldi. Bu qotilliklar
mamlakatda millatchilik va separatistik harakatning faollashuvi (sikhlar, tamillar)
bilan bogʻliq edi. XX asr oxirida HMK bo‘linishlarni boshdan kechirdi va hokimiyat
monopoliyasini yo‘qotdi.
Pokistonning siyosiy rivojlanishi beqarorlik bilan tavsiflanadi. Armiya
mamlakatda katta rol o‘ynadi, ko‘pincha harbiy to‘ntarishlar amalga oshirildi.
Tashqi siyosatda Pokiston amerikaparast yo‘l tutdi. Garchi Hindiston kabi aholining
muhim qismi qashshoqlikda yashashda davom etsa-da, mamlakat iqtisodiyoti
nisbatan muvaffaqi yatli bo‘ldi (Pokiston ham atom qurolini ishlab chiqdi). XXI asr METODIK QO‘LLANMA
boshlarida islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirishni talab qiluvchi
chiqishlar ko‘paydi.
Xitoy. 1949-yilda fuqarolar urushida kommunistlarning g‘alaba qozonishi
natijasida gomindanning qoldiqlari AQSH havo kuchlari va dengiz floti niqobi ostida
Tayvan oroliga qochib ketdi. 1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)
tashkil etilganligi e’lon qilindi. Xitoy Xalq Respublikasi hukumatiga Mao Szedun
(Mao Zedong) boshchilik qildi. Xitoyning yangi rahbariyati sotsializm qurish yo‘lini
belgilab berdi. Sanoat korxonalari milliylashtirildi, qishloqda kooperativlar tashkil
etildi. 50-yillarning birinchi yarmida Xitoy SSSR bilan yaqin hamkorlik qildi. Bu
davrda mamlakatni sanoatlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
50-yillarning oxirida Mao Szedun o‘ta tez rivojlanish yo‘lini belgiladi. “Uch
yil matonatli mehnat – uch ming yil baxt-saodat” shiori ostida “kommunizmga
qo‘shilish”ga urinish bo‘lgan “buyuk sakrash” boshlandi. Natijada iqtisodiyotda
tartibsizlik hukm surdi, mamlakatni dahshatli ocharchilik qamrab oldi. “Buyuk
sakrash” siyosati bir qator partiya yetakchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Xitoyda fuqorolar urushi
153