Page 125 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 125
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
keyingi 1993-yilgacha o‘tgan 48 yil ichida 52 ta hukumat almashdi. Italiyada davlat
institutlarining chuqur inqirozi mafiya tizimlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Davlat
tizimidagi korrupsiyalashgan unsurlar bilan qo‘shilib ketgan mafiya Italiyada katta
kuchga aylandi. Mafiya aholiga dahshat solar, uni qo‘rqitar, talonchilik va qotillik qilar,
pul undirar, doimiy pul to‘lab turgan boylarning daxlsizligini taʼminlardi. Kim mafiya bilan
kelishmasa, doimiy taʼqib qilinardi, o‘ldirilardi.
III. Refleksiya bosqichi.
6-topshiriq. Esse yozish. “Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi taraqqi-
yot” mavzusida asoslangan esse yozish.
7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering. METODIK QO‘LLANMA
4-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Okkupatsiya zona
2 Sektor
3 Federativ davlat
4 Kansler
5 “Nemis iqtisodiy moʻjizasi”
6 Rim shartnomasi
7 “Italiya iqtisodiy moʻjizasi”
8 Mafiya
8-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Nechanchi yilda Parlament kengashi Germaniya Federativ Respublikasining aso-
siy qonunini tasdiqladi? 1949-yilda.
2. Qachon Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil etilganligi eʼlon qilindi?
1949-yil 7-sentyabrda.
3. Germaniya Federativ Respublikasi (GFR)ning poytaxti qaysi shahar edi? Bonn.
4. SSSRning okkupatsiya zonasi boʻlgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik
Respublikasi (GDR) qachon tashkil qilindi? 1949-yil 7-oktyabrda.
5. Italiya qachon NATOga aʼzo boʻldi? 1949-yili.
6. 1957-yili nimani tuzish toʻgʻrisida Rim shartnomasi imzolandi? Yevropa iqtisodiy
hamjamiyatini (YIH).
Uy vazifasi
Mustaqil tarzda Italiya hukumatidagi siyosiy jarayonlarni
tahlil qiling. “Mafiya – fuqarolik jamiyatining dushmani”
mavzusida esse yozing.
125