Page 123 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 123

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
               4-topshiriq. Dars mazmunining qisqacha tavsifi.
               1. Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyot.
               2. Ikkinchi jahon urushining yakuni va uning mazkur davlatlarga taʼsiri.
               3. Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyot bilan bog‘liq muammolar.
               4. Germaniya va Italiyaning mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyot davrida ichki va tashqi
            siyosati.
               O‘qituvchi  yangi  mavzuni  bayon  qilish  jarayonida  “Kichik  guruhlarda  ishlash”
            metodidan  foydalanadi.  O‘qituvchi  o‘quvchilarni  kichik  guruhlarga  ajratadi.  “Kichik
            guruhlarda  ishlash”  metodi  qo‘llanganda  o‘qituvchi  boshqa  interfaol  metodlarga
            qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki taʼlim beruvchi bir vaqtning          METODIK QO‘LLANMA
            o‘zida barcha taʼlim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik
            guruhlarda ishlash” metodining tartibi keltirilgan.

                                                     2-jadval




                                                 Mavzuni yoritish





                                        Kichik guruhlarni shakllantirish




                  1-guruhga              2-guruhga             3-guruhga              4-guruhga
                   topshiriq              topshiriq             topshiriq              topshiriq




                                        Ko‘rsatma berish va yo‘naltirish





              1-guruh taqdimoti 2-guruh taqdimoti 3-guruh taqdimoti 4-guruh taqdimoti





                                           Muhokama va tahlil qilish





                                                     Baholash




               5-topshiriq.  Jadval  bilan  ishlash.  O‘quvchilarga  Germaniya  va  Italiyada
            mag‘lubiyatdan  keyingi  taraqqiyot  davrida  amalga  oshirilgan  ishlarning  o‘ziga  xos
            jihatlarini quyidagi jadvalga yozib chiqish topshirig‘i beriladi (jadval to‘ldirilmagan holda
            taqdim etiladi).



                                                         123
   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128