Page 121 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 121
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi taraq-
qiyotni tushuntirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Germaniya va Italiyada
mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyot manzarasini ochib berish; aniq dalillar va
ko‘rgazmali vositalar yordamida mazkur mamlakatlar taraqqiyotidagi hal qiluvchi
omillarni ko‘rsatib berish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi umumyevropa, integratsiya, forum, korporatsiya kabi atamalarning
mohiyatini tushunib oladi;
• Germaniya va Italiyaning mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyoti haqidagi tarixiy
faktlarni bilib oladi; METODIK QO‘LLANMA
• topshiriqlarni bajarish jarayonida Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan ke-
yingi taraqqiyot bilan bog‘liq maʼlumotlardan foydalana oladi;
• Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyotni tahlil qiladi;
• Germaniya va Italiyaning mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyoti bilan bog‘liq mu-
METODIK QO‘LLANMA
him ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• Germaniya va Italiyaning mag‘lubiyatdan keyingi taraqqiyoti haqidagi fikrga
o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga
avval o‘zlashtirgan bilimlari asosida “Germaniya va Italiyaning urushdan oldingi
taraqqiyoti” mavzusida erkin yozish topshirig‘ini beradi.
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. Jadval bilan ishlash va mantiqiy xulosa chiqarish. O‘qituvchi
o‘quvchilarning diqqatini Germaniya va Italiyaning mag‘ lubiyatdan keyingi
taraqqiyoti bilan bog‘ liq quyidagi jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga
undaydi.
1-jadval Germaniya va Italiyada mag‘lubiyatdan keyingi
taraqqiyot bosqichlari
Davlatlar Tarixiy voqealar
1. Fashistik rejim va Ikkinchi jahon urushi italyan xalqiga juda katta
musibatlar keltirdi. 330 mingga yaqin odam halok boʻldi, bedarak
yoʻqoldi, yuz minglab kishilar yarador boʻldi, millionlab kishilar
boshpanasiz qoldi.
2. 1947-yilda AQSH aralashuvi bilan Italiyada kommunistlar huku-
matdan chiqarildi.
3. Alchide de Gasperi hukumati Gʻarbning yetakchi davlatlari bilan
Italiya
ittifoqchi boʻlishga intildi.
4. Italiya “Marshall rejasi”ga qoʻshildi, 1949-yili NATOga aʼzo boʻldi,
uning hududiga AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi.
5. Italiya hukumati Yevropa integratsiyasi gʻoyasini faol hayotga
tatbiq etib bordi.
6. 1957-yili Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini (YIH) tuzish toʻgʻrisida
Rim shartnomasi imzolandi.
121