Page 118 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 118
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
1980-yillar oxirida Fransiya hukumati korxonalar, banklar va sug‘urta kompaniyalarini
ommaviy ravishda xususiylashtirishni e’lon qildi. Xususiylashtirishning yo‘llaridan biri –
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA taraqqiyotning 1989–1992-yillarga mo‘ljallangan rejasi pul aylanishi barqarorligini
korxonani uning ishchilari tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. 1989–1992-yillari ishchilar
soni 500 dan 1 minggacha bo‘lgan korxonalarning chorak qismi sotib olindi. Iqtisodiy
taʼminlashni, inflyatsiyaning pasayishini va iqtisod raqobatbardoshligini qo‘llab-
quvvatlashni ko‘zda tutardi.
III. Refleksiya bosqichi.
6-topshiriq. Esse yozish. “Buyuk Britaniya va Fransiya: yangi Yevropani qurish”
mavzusida asoslangan esse yozish.
7-topshiriq. Quyidagi jadvalda keltirilgan mavzuga oid atamalarga izoh bering.
3-jadval
T/r Atamalar Izohi
1 Imperiya
2 Leyboristlar
3 “Tetcherizm”
4 Suverenitet
5 Harbiy eskadra
6 Prezidentlik respublikasi
7 Natsionalizatsiya
8-topshiriq. Blits-savollar. O‘tilgan mavzuning o‘quvchilar tomonidan o‘zlash-
tirilganini tekshirish maqsadida mavzu yuzasidan qisqa javobli savollar beriladi.
1. Nechanchi yilga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi
darajasiga yetdi? 1947-yil oxiriga.
2. 1979-yilgi saylovlarda qaysi partiya g‘alaba qozondi? Konservatorlar.
3. Buyuk Britaniya tarixida hukumatni boshqargan birinchi ayol kim? Margaret
Tetcher.
4. 1990-yilgi saylovlarda kim bosh vazir etib saylandi? Jon Meyjor.
5. Ikkinchi jahon urushi va ocharchilik tufayli Fransiya qancha aholisidan ayrildi?
3 mln.
6. Murakkab tortishuvlardan soʻng Fansiya 1962-yili qaysi davlatga mustaqillik
berdi? Jazoirga.
118