Page 164 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 164
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
BIZNES G‘OYANI SAMARALI BIZNES
5-MAVZU
MODELGA AYLANTIRISH
5.1. Biznes g‘oyani yaratish
5.2. Biznesni modellashtirish asoslari
5.3. M. Jonson, K. Kristensen, X. Kagerman biznes-modeli
5.4. Biznes-modelni shakllantirish: A. Ostervalder yondashuvi
5.5. Biznes-modelni biznes-rejaga aylantirish
Mavzuning qisqacha sharhi. Biznes model korxonaning sarf va
xarajatlari, mahsulot va xizmatlarni sotish orqali qancha daromad
ishlab topishi mumkinligini tadqiq qilishni ko‘zda tutadi. Biznes
modelning samaradorligi mahsulot yaratishga sarflangan xarajatlarga
nisbatan mijozlardan ko‘proq pul olishi bilan belgilanadi. Biznes
model korxona biznes jarayonlari va ularning o‘zaro bog‘liqligini tu-
shuntirib beruvchi yaxlit konsepsiya hisoblanadi. Soddaroq qilib ayt-
ganda, biznes model mahsulot va xizmatlarni qanday sotish va qay
tarzda daromad olish yo‘llarini tushuntiradi. Biznes jarayonlarini
modellashtirishning asosiy vazifasi samaradorlik, mahsuldorlik,
raqobatbardoshlik va shu bilan bir qatorda, foyda keltiruvchi jarayon-
larning bajarilishini yaxshilash yo‘llarini izlab topishdan iboratdir.
Biznes jarayon mijoz (isteʼmolchi, mijoz, sherik) uchun qiymatga ega
bo‘lgan mahsulotni yaratishga qaratilgan qayta takrorlanib tu ruv chi
xatti-harakatlar (operatsiyalar, amallar) ketma-ketligidir. Biz nes jarayon
natijasida mahsulot va xizmatlar yaratiladi Mahsulot va xizmatlarga
bo‘lgan talab darajasi biznes jarayonlarning samaradorligini belgilab
beruvchi muhim mezon hisoblanadi. Biznes jarayon lar funksional,
obyektli va imitation ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Texnologiyalar borasida 2024-yilning TOP-10 trendlari
Raqamli ufq kengayib borar ekan, 2024-yil texnologik innovatsiyalar
nuqtai nazaridan muhim yil bo‘lishi kutilmoqda. Korxonalar, texnologlar
va isteʼmolchilar yashash, ishlash va o‘zaro munosabatlarni qayta
belgilaydigan transformatsion o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqdalar.
163