Page 159 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 159

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                5.  Biznes-inkubatorni  tavsiflang.  Biznes  inkubator  faoliyatining
             samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlar nimalardan iborat?
                6.  Texnologiyalar  transferi  markazlarining  asosiy  vazifalari
             nimalardan iborat?
                1-topshiriq.

                Yetti yil oldin O‘zbekistonda IT-kompaniyalari soni 147 ta bo‘lgan
             bo‘lsa, hozirda 2 mingtadan oshdi. Ularda 30 ming nafar xodim yuqori
             daromadli ish bilan band. 70 ming nafardan ziyod yoshlar IT bilan
             mustaqil shug‘ullanmoqda.
                Xususan, Qoraqalpog‘istonda IT Park rezidentlari soni o‘tgan yil
             yakuniga nisbatan bugungi kunda uch barobarga oshib, 108 tani tashkil
             etdi. Ular tomonidan 310 nafar mutaxassis ish bilan taʼminlangan.
             2024-yilning birinchi yarmida xizmatlar hajmi 2,4 barobarga, eksport
             hajmi esa 1,7 barobarga ko‘paydi.

                Taʼlim  rezidentlari  tomonidan  25  ming  nafar  yosh  va  davlat
             xizmatchilari  o‘qitilib,  malakasi  oshirildi.  “Bir  million  dasturchi”
             loyihasi doirasida onlayn platforma orqali o‘tgan yilda 18 ming nafar,
             joriy yilning shu kunigacha 29 ming nafar yosh o‘qitildi. 33 mingdan
             ziyod yoshga taʼlim berish rejalashtirilgan.
                Prezidentning  2021-yilgi  tashrifi  doirasida  berilgan  ko‘rsatma
             bilan  Nukus  shahri  markazida  17  qavatdan  iborat  IT  Park  filiali

             qurilgan. Unda IT-taʼlim va Cowarking markazlari, ofislar, konferensiya
             zali va xizmat xonalari mavjud. Binoga texnopark rezidentlari,
             investorlar va chet ellik autsorsing korxonalar joylashtiriladi.
                Matn  bilan  tanishib  chiqing  va  O‘zbekistonda  innovatsion
             infratuzilmaning hozirgi holati to‘g‘risida xulosalaringizni bayon qiling.
                2-topshiriq.
                Bir nechta qog‘oz varaqlarini qistirishga mo‘ljallangan oddiy qog‘oz
             qistirgich (skrepka) XIX asrda paydo bo‘lgan. Ushbu maqsadlar uchun
             hozirgi kunda stepler, prujinali qistirgichdan foydalaniladi, shu bilan

             bir  qatorda  oddiy  qog‘oz  qistirgichning  ham  bir  nechta  variantlari
             paydo bo‘ldi (katta o‘lchamdagi qog‘oz qistirgich, plastmassali qog‘oz
             qistirgich). Bugungi kunda qog‘ozlarni oddiy shaffof paketlarga ham
             joylashtirish mumkin.

                                                  158
   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163   164