Page 156 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 156

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          bu  tizim  tashkilotga  nisbatan  tashqi  va  ichki  omillarga  guruhiga
          ajratiladi.
            Innovatsion muhitning tashqi omillariga dastlabki iqtisodiy va
          texnologik shart-sharoitlar, shuningdek, tarmoqlarning innovatsion
          rivojlanishiga  taʼsir  ko‘rsatuvchi  va  keng  qo‘llaniluvchi  chora-

          tadbirlar kiradi. Bunda mehnat unumdorligining zaruriy darajasiga
          erishish asosiy shart hisoblanadi.
            Tizimning o‘ziga xos xususiyati sifatida innovatsion potensial ka te-
          goriyasi bu tizimning o‘zgarish, takomillashish, rivojlanishga bo‘l gan la-
          yo qati; birgalikda mavjud bo‘luvchi va bir-birini taqozo qiluv chi resurs,
          ichki va natijaviy uch asosiy tashkil etuvchilarning maj mui hisoblanadi.
            Resurs  tashkil  etuvchisi  logistika,  axborot,  moliyaviy,  inson  va
          boshqa turdagi resurslarni o‘z ichiga oladi. Ichki tashkil etuvchi davlat
          tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan resurslar va infratuzilma resurslari

          kabi institutsional muhit omillarini o‘zida mujassamlashtiradi.
          Innovatsion  salohiyatning  natijaviy  tashkil  etuvchisi  innovatsion
          faoliyatni amalga oshirish samaradorligini aks ettiradi.
            “Innovatsion muhit” iqtisodiy atamasining yuqorida keltirib o‘tilgan
          taʼriflari asosida bir nechta fundamental jihatlar yotadi. Birinchidan,
          innovatsion muhit-bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasida yangi bilim, yangi
          jarayon va yangi mahsulotlarni yaratishga qaratilgan munosabatlar

          majmui.  Ikkinchidan,  tashkilot  darajasidagi  innovatsion  muhit
          innovatsion  jarayon  ishtirokchisining  tashqi  va  ichki  muhitining
          o‘zaro uyg‘unligi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu holatda innovatsion
          muhitning tashqi omillari innovatsion rivojlanishning texnik-iqtisodiy
          shartlari sifatida talqin qilinadi va “innovatsion iqlim” tushunchasiga
          yaqin  ko‘riladi,  ichki  omillar  esa  tashkilotning  innovatsion
          salohiyatining tarkibiy qismlari, yaʼni tashkilot resurslari va ulardan
          foydalanish  imkoniyatlarini  ko‘zda  tutadi.  Va  nihoyat,  uchinchidan,
          innovatsion muhit-bu sinergetik samaraga erishish imkoniyatiga ega

          bo‘lgan tashkiliy – ishlab chiqarish munosabatlaridir.
            Innovatsion  muhitning  ichki  va  tashqi  omillarining  o‘zaro  taʼsiri
          korxonani istalgan vaqt va shart-sharoitlarda ishlashga majbur qiladi.
          Innovatsion muhitning tashqi omillari tashkilot taʼsiridan tashqarida

                                               155
   151   152   153   154   155   156   157   158   159   160   161