Page 153 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 153
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
chiqish va innovatsion faoliyatning ilk bosqichlaridayoq, intellektual
faoliyat natijalaridan foydalanishning rejalashtirilayotgan tartibiga
muvofiq intellektual faoliyat natijalarini himoya qilishning maqbul
shakllarini belgilab olish;
2. Davlat standartlari (GOST 15.011-96) asosida patent
tadqiqotlarini o‘tkazish (xo‘jalik faoliyati obyektlarining rivojlanish
tendensiyalari va texnik darajasini, ularning patentga layoqatliligini,
raqobatbardoshliligini va patent sofligini tadqiq qilish);
3. O‘z ichiga quyidagi amaliyotlarni qamrab olgan intellektual
faoliyat natijalarini huquqiy himoya qilishni amalga oshirish:
a) ixtironing mohiyatini aniqlashtirish va shakllantirish borasida
intellektual faoliyat natijalari mualliflari bilan maslahatlashish va
hamkorlikda ishlash;
b) mualliflik huquqini himoya qiluvchi tashkilotlar va milliy pa-
tent idoralari, zarur bo‘lganda xalqaro patent idoralarining talablariga
muvofiq ariza va kerakli hujjatlarni tayyorlash;
c) intellektual faoliyat natijalari to‘g‘risidagi tijorat sirini va
axborotning maxfiyligini taʼminlash;
d) patent va boshqa to‘lovlar, shuningdek, mualliflik gonorarlari-
ning o‘z vaqtida to‘lanishini taʼminlash;
e) Intellektual faoliyat natijalarini nomoddiy aktiv sifatida (agar
kerak bo‘lsa, kichik innovatsion korxona ustav kapitaliga intellektual
faoliyat natijalaridan foydalanish huquqini kiritish) budjet hisobini
yuritish uchun tahliliy va axborot materiallarini tayyorlash.
4. Intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha barcha
axborot-tahliliy va konsalting ishlarini olib borish. Bu vazifa turli
treninglar, seminarlar, mentorlik dasturlarini tashkil etish, axbo rot
materiallarini nashr etish, tarqatish va boshqalar orqali amalga oshi riladi.
Shunday qilib, bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy yutuqlarni to‘siqsiz
tijoratlashtirish imkonini beruvchi innovatsion infratuzilmaning to‘liq
tizimi shakllanganicha yo‘q. Shu bois milliy innovatsion tizimning
muhim unsuri sifatida innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning
yangi shakllarini izlab topish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning
eng muhim vazifalaridan biri sanaladi.
152