Page 148 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 148
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
modelni yangi iqtisodiyot tuzilmalariga bog‘laydilar. Uchinchi avlod
inkubatorlarining asosiy vazifasi yuqorida ko‘rib chiqilganlardan
sezilarli farq qiladi. Endilikda ular bilimga asoslangan jamiyatning
jadal rivoj lanayotgan texnologik yo‘nalishlariga mansub bo‘lgan
fan sig‘imli biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni
taʼminlashga xizmat qiladilar. Bu shuni anglatadiki, uchinchi
avlod inkubatorlar zimmasiga tarkibiy va texnologik o‘zgarishlarni
yanada jadallashti rish vazifasi yuklangan va ular o‘z faoliyatlarini
amalga oshirish asnosida ushbu jarayonning jadal amalga oshishiga
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Bundan tashqari,
biznes inkubatorlardan xususiy sektor tomonidan yangi bozorlarni
shakllantirish va mazkur bozorlarda o‘z mavqelarini mustahkamlash
vositasi sifatida ham keng foydalanilmoqda. Yangi inkubatorlarning
eng muhim xususiyati shundaki, ular odatda venchur kapital egalari
yoki transmilliy konsalting kompaniyalari tomonidan yaratiladi. Bu
ularni ikkinchi avlod inkubatorlaridan ajralib turadi, chunki ikkinchi
avlod inkubatorlari asosan hokimiyat tuzilmalarining tashabbusi
bilan tashkil etilar edi. Transmilliy kapital yangi avlod inkubatorlari
paydo bo‘lishining manbai va ularni rivojlantiruvchi asosiy kuch
hisoblanadi. Shunday qilib, biznes inkubatorlar qaysi mamlakatda
ro‘yxatdan o‘tishlaridan qatʼiy nazar ular global iqtisodiy makonning
asosiy o‘yinchilari hisoblanadilar. Rivojlanayotgan inkubatorlarning
yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular endilikda o‘z faoliyatlarini
nafaqat o‘z-o‘zini taʼminlashga, balki foyda olishga yo‘naltirmoqdalar.
Yangi avlod inkubatorlarining daromadlari binolarni ijaraga berishdan
olinadigan ijara haqi yoki xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan to‘lovlar
hisobidan emas, balki inkubatorning kichik biznesni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan investitsiyalaridan olinuvchi daromadlar evaziga
shakllanadi.
Inkubatorlar samaradorligini oshirishga qaratilgan biznes
inkubatsiyani rivojlantirish mafkurasi kichik biznesni qo‘llab-
quvvatlash infratuzilmasining bir qismi sifatida muttasil yangi g‘oya va
loyihalar ning vujudga kelishi asnosida uzluksiz rivojlanib bormoqda.
Masa lan, Finlyandiya inson salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish,
147