Page 150 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 150
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• firmalar o‘rtasida hamkorlik va axborot almashinuvini yo‘lga
qo‘yish uchun mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarni yaratish asosida
real iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish
Aslida, ITMlar bir tomondan kichik korxonalar va ilmiy-taʼlim
muassasalari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilsa, boshqa
bir tomondan esa, sanoat bilan ilmiy muassasalarni bog‘lovchi bo‘g‘in
bo‘lib xizmat qiladi, chunki innovatsion-texnologik markazlar odatda
korxonalar yoki ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari qoshida tashkil
etiladi.
O‘zbekistonda innovatsion-texnologik markazlarni yaratish
masalalariga so‘nggi yillarda katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol
tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish
13
vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlarida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion loyihalar
– start-uplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish,
innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni
amalga oshiruvchi Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va
texnologiyalar markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi
maʼqullandi. Mazkur qaror bilan Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar
va texnologiyalar markazlari o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga
oshirishlari va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga
barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishlari belgilab qo‘yildi.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori asosida quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib
belgilab berildi:
− ishlab chiqarish va xizmatlarning yangi va zamonaviy turlarini
yaratish maqsadida hududlarning salohiyati va resurs bazalarini
chuqur tadqiq qilish;
− innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. www.
lex.uz
149