Page 155 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 155
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
mujassamlashtirgan, ijtimoiy tashkillashtirishga asoslangan ishlab
chiqarish va boshqaruv munosabatlarining o‘ziga xos to‘plami
sifatida talqin qilinadi. Innovatsion muhitning o‘ziga xos jihati uning
sinergetik samara hosil qila olishida namoyon bo‘ladi. Ushbu holatda
asosiy eʼtibor innovatsion muhit doirasida iqtisodiy subyektlarning
o‘zaro munosabatlariga qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda, innovatsion muhit bilan bog‘liq jarayonlarni
meʼyoriy-huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, milliy-etnik, madaniy-tari-
xiy munosabatlar, infratuzilma va tabiiy iqlim shart-sharoitlar
bilan bog‘liq munosabatlar kesimida tahlil qilishga ham alohida
eʼtibor qaratiladi. Muhitning alohida unsurlarining yetakchi guruhi
o‘rtasidagi aloqalarning barqarorligi mazkur unsurlar guruhining va
yoki yaxlit tarzda muhitning mavjud salohiyatini saqlab qolish yoki
oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko‘rib chiqilayotgan obyekt tavsifidan kelib
chiqqan holda, “innovatsion muhit” atamasining turli xil talqinlari
mavjud, bunday obyektlar mamlakat, hudud yohud u yoki bu tashkilot
bo‘lishi mumkin. O‘rganilayotgan tashkilot sifatida innovatsiyalarni
ishlab chiqaruvchi (ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurti, ixtirochi);
axborot vositachisi; bozor innovatsion infratuzilmasini tashkil etish
(birja, yarmarka, ko‘rgazma); investor tashkilot; maqsadli innovatsion
dasturlar doirasida davlat boshqaruv organi va nihoyat, innovatsion
korxona bo‘lishi mumkin.
Tashkilot darajasida innovatsion muhit-bu innovatsion jarayon
ishtirokchilari ichki va tashqi muhitining o‘zaro uyg‘unligini ifoda
etadi. Ichki innovatsion muhit omillari g‘oyalarni yaratish va ularni
innovatsion sikl davomida tijoratlashtirish jarayonini amalga
oshirishga qodir bo‘lgan innovatsion salohiyatning barcha tarkibiy
qismlari (resurslar va ulardan foydalanish imkoniyatlari)ni o‘z ichiga
oladi. Tashqi innovatsion muhit omillariga milliy innovatsion tizimni
birgalikda ifodalovchi innovatsion rivojlanishni rag‘batlantiruvchi
bozor institutsional tuzilmalari kiradi. Agar makro va mezo
darajalarida innovatsion muhit olimlar tomonidan shart-sharoitlar
yoki o‘zaro taʼsirlar tizimi sifatida talqin qilinsa, mikro darajada
154