Page 158 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 158
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Ushbu bosqich tashkilotning innovatsion muhiti omillarini o‘rganish
jarayoniga tabiiy tarzda ravishda qo‘shilishi mumkin.
Keyingi bosqichda tashkilotning innovatsion muhitini shakllantirish
bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya doirasida chora-tadbirlar amalga
oshiriladi, erishilgan natijalar innovatsiyalarni tijoratlashti rishni
hisobga olgan holda nazorat qilinadi. So‘ngra innovatsion mu hitni
yaratishga qaratilgan tadbirlar samaradorligi baholanadi. Nazorat
bosqichi natijalariga ko‘ra strategiyani aniqlashtirish jarayo nini
boshlaydigan zarur takomillashtirishlar majmui aniqlanadi. Shu
tariqa, tashkilotning innovatsion muhitini shakllantirish jarayo-
ni davomli bo‘lib, bu innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun
tashqi va ichki sharoitlarning o‘zgaruvchanligi bilan izohlanadi.
Innovatsion jozibadorlik-bu innovatsion faoliyat subyektini
innovatsiyalarni amalga oshirishga qiziqtiruvchi, investitsiyalashning
boshqa variantlaridan ko‘ra, aynan innovatsiyalarni afzal ko‘rishga
undovchi shart-sharoitlar majmuidir. Bu o‘z navbatida davlat yoki
innovatsion rivojlanishdan manfaatdor bo‘lgan boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning innovatsion faoliyatni amalga oshirishda tadbirkorlik
xatarlarini minimallashtirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Kor xona yoki
tashkilot ichki muhitining investitsion jozibadorligi barcha darajadagi
xodimlar yoki yollangan menejerlarning innovatsion intilishlarini amalga
oshirishga imkon beradigan sharoitlar, ularning innovatsion xatti-
harakatlarini rag‘batlantirish tizimi va boshqalar bilan tavsiflanadi.
АMALIY TOPSHIRIQLAR
Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Innovatsion muhitning mohiyati nimadan iborat?
2. Innovatsion salohiyat tushunchasiga oydinlik kiriting, uning tarkibiy
qismlarining xususiyatlarini ochib bering.
3. Milliy innovatsion tizimni tushuntiring, uning asosiy tashkil etuv-
chilarini sanab bering.
4. Texnoparkni taʼriflang. Texnopark o‘z rezidentlariga qanday xiz-
matlarni taqdim etadi?
157