Page 157 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 157
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lsada, ammo shunga qaramay, himoya choralarini aniqlash yoki
taʼsirning ijobiy taʼsirini kuchaytirish uchun ularning taʼsirini o‘rganish
va mavjud resurslar bilan taqqoslash mumkin. Innovatsion muhitning
ichki omillari, aksincha, tashkilot tomonidan nazorat qilinadi va bu
ularning taʼsirini to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.
Tashkilotning innovatsion muhitini shakllantirish jarayoni
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni
maqsadli yaratishni ko‘zda tutadi Innovatsion muhitni yaratish
bo‘yicha chora-tadbirlar har qanday innovatsion tashkilot uchun
zarurdir, chunki ular yana bir strategik vositani, yaʼni innovatsiyalarni
tijoratlashtirishni boshqarish va pirovardida innovatsion faoliyatni
amalga oshirish samaradorligini taʼminlaydi.
Bozorga innovatsiyalarni olib chiqish samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini aniqlashtirish borasida tashkilot innovatsion muhiti-
ning joriy holati o‘rganiladi. Tashkilotning innovatsion muhitini
shakl lantirish strategiyasini ishlab chiqish jarayoni bir necha bos-
qich da amalga oshiriladi.
Dastlabki bosqichda innovatsion muhitning tashqi (imkoniyatlar
va tahdidlar) va ichki (tashkilotning kuchli va zaif tomonlari) omillari
to‘g‘risida maʼlumotlar to‘planadi. To‘plangan maʼlumotlar uchta
strategik blok nuqtai nazaridan tahlil qilinadi: innovatsiyalarning
maqsad va vazifalarini aniqlash; ishlab chiqilayotgan innovatsion
loyihalar; tashkilotning loyihalari va bo‘limlari o‘rtasida resurslarni
taqsimlash. Maqsadlar, chora-tadbirlar majmui va ularni rivoj-
lantirish uchun resurslar aniqlangandan so‘ng, strategiya sadoqatli
isteʼmolchilar qatlamini shakllantirish orqali raqobatdosh ustunlikdan
foydalanish vaqtini uzaytirish nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Isteʼmolchilarning sodiqligi marketingning asosiy
tushunchalaridan biridir. Raqobatning jiddiyligi, tovarlarning
tabaqalanish darajasi, mahsulot yoki xizmatlar hayotiylik siklining
bosqichi kabi bozor omillari mijozlarning sodiqligini boshqarish
zaruratini belgilab beradi. Mijozlarning sodiqligini boshqarishning
maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun bozor, raqobatchilar va
mijozlar to‘g‘risida maʼlumot to‘plash va o‘rganish talab etiladi.
156