Page 154 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 154
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishga intilishi
borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida mahalliy
korxona va tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirish muhim
o‘rin tutadi, chunonchi, bunday sharoitda mahalliy korxonalarga ham
tashqi va ham ichki raqobat bosimi kuchayib boradi. Raqobatdoshlik
korxonaning o‘z faoliyatidan uzluksiz ravishda foyda olish layoqatini
barqaror darajada taʼminlay olishini anglatadi. Bugungi kunda ra-
qobat ustunligiga erishishning asosiy shartlaridan biri – bu innovat-
sion ishlanmalarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga izchil joriy
qi lishdir.
Innovatsion faoliyat muayyan vaqt mobaynida kompaniyaga
raqobat ustunliklarini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Yangi
mahsulot va texnologiyalarning bozorga kirib kelishi sharoitida yangi
mahsulot va texnologiyalar nafaqat bozor ishtirokchilari tomonidan
ko‘chiri lishi, balki tarmoqda raqobat xususiyatini o‘zgartirishi va
bozorga yangi o‘yinchilarni jalb qilishi mumkin. Ushbu jihatlar
innovatsiyalardan foydalanish vaqtini qisqartiradi va bu jarayon
bugungi kunda yanada jadallashmoqda. Mahsulot hayotiylik
siklining qisqarishi ishlab chiqaruvchilarni daromad olishning yangi
manbalarini izlashga va yangi mahsulotlarni chiqarishni tashkil
etishga undaydi. Yuqori raqobat sharoitida sadoqatli isteʼmolchilar
sonining ko‘payishi innovatsion rivojlanishni tijoratlashtirish
evaziga raqobat ustunliklaridan foydalanish muddatini uzaytiradi va
shu bilan birga keyingi yangilikni joriy etish uchun zamin yaratadi.
Innovatsion faoliyat kategoriyasini talqin qilishda turli qarash va
yondashuvlar mavjud, bu o‘z navbatida mazkur tushunchaning ko‘p
qirrali ekanligi bilan izohlanadi. Innovatsion faoliyat samaradorli-
gini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda ko‘pincha
innovatsion muhit, innovatsion iqlim va innovatsion salohiyat
tushunchalaridan foydalaniladi
Baʼzi olim va mutaxassislar tomonidan “innovatsion muhit”
odatda yangi bilim, yangi jarayon va yangi mahsulotlarni yaratishga
qaratilgan mehnat madaniyati va instrumental maqsadlarni o‘zida
153