Page 149 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 149
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish borasida uchinchi avlod
biznes-inkubatori yaratilgan. Bu inkubatorni, hatto biznes-reaktor
ؘ
ham deb atashadi. Inkubator ishtirokchilari noyob dasturiy taʼminot –
virtual muhit taklif etiladi. Shunday qilib, biznes-inkubatorlar kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasi va o‘z navbatida,
iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish omillaridan biriga
aylangunga qadar rivojlanishning uzoq va mashaqqatli yo‘lini bosib
o‘tishdi. Hozir ular ilmiy, innovatsion va texnologik siyosatning asosiy
vositalaridan biri sifatida jamiyatni rivojlantirishning yangi bosqi-
chiga – bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‘tishiga yordam beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
asosida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishda, iqtisodiyotda
davlatning o‘rnini qisqartirish, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mavqeini mustahkamlashda
biznes-inkubatorlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion-texnologik markazlar
Innovatsion-texnologik markazlarni ham biznes-inkubatorlar
oilasiga kiritishimiz mumkin, chunki ular ham xuddi biznes-
inkubatorlar kabi faoliyat ko‘rsatadilar va fan sig‘imli korxonalarni
qo‘llab quvvatlaydilar.
Innovatsion-texnologik markazlarning eng muhim jihati
shundan iboratki, ular o‘z mohiyatiga ko‘ra shakllangan va bugungi
kunda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik innovatsion korxonalarni
qo‘llab-quvvatlovchi tuzilma hisoblanadi. Ularning asosiy faoliyat
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
• firmalarning tashkil etilishi, o‘sishi va rivojlanishiga ko‘makla-
shish;
• hududda innovatsion faoliyatning taraqqiyotiga ko‘maklashish;
• sanoat va tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlik va kooperatsiyani
yo‘lga qo‘yish;
• axborot taʼminoti sohasida fan sig‘imi yuqori bo‘lgan firmalarga
xizmat ko‘rsatish;
• menejment sohasida xodimlarni tayyorlash va o‘qitish;
148