Page 146 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 146
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan davlat-xususiy sektor
hamkorligining shakllantirilishi inkubatorlar faoliyatini yo‘lga
qo‘yish borasida o‘ziga xos yangi tendensiya sanaladi. Ikkinchi avlod
inkubatorlari doirasida ixtisoslashtirilgan inkubatorlarga o‘tish
boshlandi. Texnologik bozorning turli sohalarida faoliyat yuritadigan
kichik innovatsion korxonalar uchun zarur bo‘lgan xizmatlar majmui
sezi larli darajada farqlanishi buning asosiy sababi hisoblanadi. Biz-
nes-inkubatorlarning yangi avlodi ham, avvalgi avlodlari kabi foydali
bo‘lmagan tuzilmalarni nazarda tutadi, hamon biznes-inkubatorlar
moliyaviy ko‘makni hokimiyat idoralaridan olishadi, chunki ular
avvalo o‘z xarajatlarini o‘zlari qoplashga tayyor emaslar. Biroq ayni
shu o‘rinda biznes-inkubatorlarning yangi modeli – tijoriy biznes
inkubatorlariga o‘tish uchun asos yaratiladi. Umumiy holatda biz-
nes-inkubator 2-avlodining faoliyat ko‘rsatish modelini quyidagicha
tasvirlash mumkin. Dastlab, inkubator faoliyat ko‘rsatadigan bozor
aniqlashtiriladi, inkubatorning o‘zini o‘zi qoplash nuqtalarini
hisobga olgan holda biznes-reja ishlab chiqiladi, inkubator
ichida va tashqarisida faoliyat ko‘rsatuvchi firmalar bilan “teskari
aloqalar” o‘rnatiladi. Bu vazifalar birinchi avlod inkubatorlari uchun
xos emas edi. Shunga ko‘ra, yangi modelda biznes inkubatorlar
firmalarni qabul qilish va ularni “ozod qilish”, daromad manbalarini
rejalashtirish va inkubatorni o‘z-o‘zini qoplash nuqtasiga erishish
uchun mezonlarni shakllantirishga kirishdi. Biznes-inkubatorlarning
yangi funksiyasi inkubator firmalarining o‘zaro hamkorligini
rag‘batlantirishdan iborat. Ilgari bunday o‘zaro munosabatlar o‘z-
o‘zini tashkil etish tartibi bo‘yicha amalga oshirilgan, firmalar bir
inkubator devorida bo‘lishganda yangi g‘oyalarni amalga oshirishlari
va tijorat manfaatlari bilan birgalikda harakat qilishlari mumkin
bo‘lgan. Endilikda bir-birini to‘ldiruvchi firmalarni shakllantirish
biznes inkubatorlar vazifasi ning bir qismiga aylanib bormoqda va
bu funksiya firmalarni biznes inkubatorga qabul qilish mezonlarini
ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Ikkinchi avlod
inkubatorlarining yana bir muhim xususiyati ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning tarkibi bilan belgilanadi. Birinchi avlodda kichik biznes
145