Page 143 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 143
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Bu bosqichda ular mahalliy ahamiyat kasb etar edi. Inkubatorning
mintaqaning boshqa institutsional tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligi
juda kamtarona bo‘lib, u odatda mintaqaviy hokimiyat organlari
bilangina cheklangan edi. Katta biznes bilan o‘zaro munosabatlar
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu aloqalar doimiylik kasb etmas edi.
Ushbu bosqichda biznes-inkubatorlar munitsipal va markaziy
davlat idoralari tashabbusi bilan tashkil etilgan biznes-inkubatorlar,
aynan mana shu hokimiyat idoralarining har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashlari natijasida “omon qolishdi” va o‘z mijozlariga imtiyozli
narxlarda xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Birinchi avlod
biznes inkubatorlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular notijorat
tashkiloti sifatida foyda olishga ko‘p eʼtibor qaratmaganlar. Ular o‘z-
o‘zini qoplovchi tuzilma emas edilar va tabiiyki, ularning faoliyati
foyda olishga yo‘naltirilmagan edi. Odatda ushbu avlod inkubatorlari
ixtisoslashmagan edi. Bitta binoda va bir xil shart-sharoitda ilm-
fan sig‘imli korxona va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxona ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin edi. Iqtisodiyotning turli
sohalari uchun ular deyarli bir xil bo‘lgan xizmatlar majmuini taklif
qilar edilar, ammo bu xizmatlar binoni ijaraga berish, kommunal
xizmatlar ko‘rsatish va korxonalarni aloqa vositalari bilan taʼminlash
bilan cheklanar edi. Biznes-inkubatorlarning muhim afzalligi
shunda ediki, yagona infratuzilmani yaratish hisobiga xarajatlarni
kamaytirish, yetarlicha yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga erishildi
va kompaniyalarni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit yaratildi.
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompaniyalar to‘lovni aksiyalar bilan
emas, balki naqd pulda amalga oshirar edilar. O‘sha davrda inkubatorlar
asosan bino va yer maydonlarini ijaraga berish shug‘ullanar edilar, bu
esa kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etar edi.
1980-yillarning o‘rtalariga kelib bozordagi vaziyat tubdan o‘zga rib,
bozor subyektlarining raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan texnologiya-
lar transferining tezligiga, ilmiy ishlanmalarning xususiy sektorga
berilishi va ularni bozorga olib chiqish tezkorligiga bog‘liq bo‘lib
qoldi. Ayni shu davrda AQSh Milliy ilmiy fondi biznes-inkubatorlarni
universitetlar atrofida barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
142