Page 145 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 145

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Biznes-inkubatorlarning navbatdagi modeliga kelsak, ular tadqiqot
             va ishlanmalarning tijoratlashuvi, bilim va texnologiyalarning
             transferi,    spin-off     kompaniyalarni       qo‘llab-quvvatlashga        va
             shuningdek, mintaqaviy va milliy miqyosda raqobatbardoshlikni
             taʼminlashga yo‘naltirilgan. 2001–2002-yillarda Yevropa Komissiyasi

             Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlarida  biznes  inkubatorlarni  o‘rganib
             chiqdi, bunda qo‘yilgan savollardan biri bu biznes-inkubatorlarning
             yaratilishidan ko‘zlangan maqsadlarni o‘rganish edi. O‘tkazilgan
             tadqiqotlarning  natijasiga  ko‘ra,  o‘rganilgan  Yevropa  Ittifoqi
             inkubatorlarining yarmidan ko‘pining faoliyati fan sig‘imli va yuqori
             texnologiyali kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga, bilimlarni
             yetkazib  berish  uchun  sharoitlar  yaratishga  yo‘naltirilganligi
             maʼlum  bo‘ldi.  Birinchi  avlod  inkubatorlari  xuddi  avvalgidek
             jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi,

             ikkinchi  avlod  inkubatorlarining  faoliyati  milliy  iqtisodiyotning
             raqobatbardoshligini oshirishga xiz mat qilishi bilan ajralib turadi.
             Ikkinchi  avlod  inkubatorlari  min taqaviy  siyosatdan  tashqariga
             chiqmoqda,  ular  nafaqat  milliy  darajada,  balki  Yevropa  Ittifoqi
             kabi xalqaro tashkilotlar darajasida ham qo‘llanilmoqda. Biznes-
             inkubatorlar texnologik rivojlanishning turli sohalarida klasterlarni
             shakllantirish borasida mintaqaviy va milliy strategiyalarni ishlab

             chiqishda  ham  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Mijoz-firmalar
             klasterlarning asosiy qismini tashkil etadigan yi rik yetkazib
             beruvchi kompaniyalarning umumiy zanjiriga qo‘shil moqdalar yoki
             ularning o‘zlari yangi klasterning yadrosiga aylanib bormoqdalar.
             Ushbu  bosqichda  inkubatorlar  faoliyatini  rivojlantirish  borasida
             turli  subyektlarning  o‘rni  o‘zgarib,  inkubatorlar  faoliyatida  ilmiy
             tashkilotlar  va  universitetlar  kabi  yangi  o‘yinchilar  paydo  bo‘ldi.
             Inkubatorlar  faoliyatini  moliyalashtirish  bugungi  kunda  asosan
             davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa-

             da, boshqa ishtirokchilarning ahamiyati ham asta-sekinlik bilan o‘sib
             bormoqda. Yuqorida tilga olib o‘tilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
             inkubatorlarning  20  foizi  xususiy  sektor  va  16  foizdan  ortig‘i  esa
             universitetlar tomonidan moliyalashtiriladi.

                                                  144
   140   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150