Page 140 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 140

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          ko‘p  tarmoqli  faoliyati  davlat  ishtirokida  fundamental  va  amaliy
          loyihalarni shakllantirish va amalga oshirishga asoslanadi. Ularning
          orasida korxonalarga bino va inshootlarni imtiyozli shartlar asosida
          berish,  aloqa  vositalari,  ofis  uskunalari  va  shu  kabi  zarur  jihozlar
          bilan  taʼminlash  kabilarni  ajratib  ko‘rsatishimiz  mumkin.  Qo‘llab-

          quvvatlashning muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu kichik biznesni
          rivojlantirish  uchun  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  referentlik,
          buxgalterlik, huquqiy, taʼlim va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishdan
          borat. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion
          taraqqiyotga yo‘naltirishda biznes-inkubatorlarning ahamiyati har
          qachongidan ham oshib bormoqda.
            Baʼzi  hollarda  biznes-inkubatorlar  mahalliy  bozorlarga  chiqish
          uchun tadbirkorlarga lizingga asbob-uskunalar olishga, ish faoliyatini
          yo‘lga  qo‘yish  uchun  kredit  mablag‘lari  olishga  yordam  beradilar.

          Shunday qilib, tadbirkorning asosiy vazifasi – mahsulot yoki xizmatlar
          ishlab chiqarishni boshlash uchun bozorga kirib borishdan iboratdir,
          bu borada mavjud muammolarni hal etishga biznes-inkubator
          jamoasi (maʼmuriyat, ekspertlar, maslahatchilar) yordam beradi.
            Shu  bois  biznes-inkubator  bir  necha  muhim  xususiyatlarga  ega
          bo‘lishi talab etiladi:
            1)  hududning yangidan tashkil etilayotgan korxonalarining

          talablariga javob beruvchi, har qanday biznesni qo‘llab-quvvatlash
          uchun keng qamrovli dasturga ega bo‘lish;
            2)  biznes-inkubator rahbariyati yangidan tashkil etilayotgan kor-
          xonalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
            3)  yordamga muhtoj va dasturlarda ishtirok etish orqali maksimal
          foyda  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  kompaniyalarni  tanlab  olish
          talab etiladi.
            Keyinchalik kompaniya inkubatorni tark etar ekan, inkubatorning
          bino va inshootlarini, asbob-uskunalarini inkubatorga qaytaradi va

          o‘zi mustaqil korxona sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu vaqtga
          kelib  ular  mustaqil  faoliyat  ko‘rsatish,  maslahatchilarni  yollash,
          moliyaviy  manbalarni  izlab  topish  yoki  o‘z  ehtiyojlari  uchun  bino
          va inshootlarni ijaraga olish uchun yetarli bo‘lgan ichki resurslarni

                                               139
   135   136   137   138   139   140   141   142   143   144   145