Page 139 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 139
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
telekommunikatsiya, muzokaralar o‘tkazish xonalari, konferensiya-
lar zallari;
2. Tadqiqot va hisoblash uchun kerakli uskunalar bilan jihozlangan
laboratoriyalar shaklidagi umumiy imkoniyatlar;
3. Rezidentlar erkin muloqot qilishlari mumkin bo‘lgan keng
hajmli binolar. Bunday binolarning mavjudligi innovatsion
kompaniyalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishidan kutilayotgan
sinergetik samarani yanada oshirishda muhim o‘rin tutadi, bu esa
o‘z mohiya tiga ko‘ra texnopark faoliyatining asosiy vazifalaridan biri
sanaladi. IdeaLablarning zarur ekanligini Tom Allen “Texnologiyalar
oqimini boshqarish” nomli o‘z ilmiy asarida izohlab beradi. Uning
fikriga ko‘ra, ikkita inson o‘rtasidagi munosabatlarning samaradorligi
ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘lib, masofa 50 fut (15,2m)dan
oshsa, muloqotlar samaradorligi 7 foizdan oshmaydi;
4. Ko‘rgazma maydonchalari;
5. Matbaa markazi;
6. Ijtimoiy infratuzilma: mashinalar, oshxona, kafe, sport va dam
olish markazlari, bankomatlar.
Ayniqsa, cheklangan xodimlar soni va loyihaning ilmiy-texnik
jihatlariga aloqador bo‘lmagan sohalarda mutaxassislarning
yetishmasligi tufayli kichik korxonalar qo‘llab-quvvatlashga
muhtoj. Texnoparklar kichik innovatsion korxonalar uchun bir qator
xizmatlarni ko‘rsatishlari ko‘zda tutilgan. Ular yangi mahsulotni joriy
etish konsepsiyasining innovatsion salohiyatini aniqlash, texnik
jihatdan g‘oyani amalga oshirishga va yangi mahsulotni ishlab
chiqishga, yangi mahsulotning sanoatda amalda qo‘llanilishiga va
ishlab chiqarishga tayyorligini aniqlashga ko‘mak berishi lozim.
Bunga, albatta, moddiy-texnik, ijtimoiy-madaniy, xizmat ko‘rsatish
va moliyaviy bazani yaratish orqali erishiladi.
Biznes-inkubatorlar
Biznes inkubator – bu o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik
korxonalarni yanada rivojlantirish uchun bir muncha qulay shart-
sharoitlar yaratib beruvchi tashkilot hisoblanadi. Texnopolislarning
138