Page 136 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 136
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
− malakali menejerlarning yetishmasligi;
− mahalliy kompaniyalarda korrupsiyaning mavjudligi va ularda
shaffoflik darajasining pastligi;
− yuqori texnologiyali mahsulotlarni import va eksport qilishga
to‘siq bo‘luvchi bojxona tartibi;
− infratuzilma tarmoqlari rivojlanish darajasining talab darajasida
emasligi.
Bularning barchasi hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘-
li dan borayotgan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan eski maʼmuriy-
buyruqboz lik tizimining va bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan yangi
innovatsion tizimning unsurlarini o‘zida mujassam etgan o‘tish tipi-
dagi innovatsion tizimning mamlakatimizda amalda ekanligidan
dalolat beradi. Mamlakatimizda milliy innovatsion tizimni yaratish,
innovatsion jarayonlarning to‘la-to‘kis amalga oshishini taʼminlash
uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish borasida so‘nggi yillarda
tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ammo amalga oshirilayotgan
islohotlarning ijobiy samarasi haqida gapirishga hali erta. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-mayda qabul
qilingan “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatda faol tadbirkorlik va
innovatsion faoliyatni rivoj lantirish uchun shart-sharoitlarni yanada
yaxshilashga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi qator tizimli muammolar
mavjudligi taʼkidlab o‘tiladi:
birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini
hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar,
texnologik loyihalar – start-uplar va innovatsiyalar bozorini tizimli
tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan;
ikkinchidan, innovatsion loyihalar – start-uplarga investitsiya-
larni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga
innovatsiyalarni faol joriy qiluvchi iqtidorli tadbirkorlar faoliyatiga
ko‘maklashish va muvofiqlashtirish ishlari lozim darajada amalga
oshi rilmayapti;
uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda
135