Page 135 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 135

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tomondan, keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga
             yetarlicha mablag‘lari mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular jahon
             bozoridagi  shiddatli  raqobat  kurashida  yutqazib  qo‘ymaslik  uchun
             ham  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlashga  majburdirlar.
             Odatda  kichik  innovatsion  firmalar  tadqiqot  markazlari  va

             universitetlar  atrofida  shakllanadilar  va  ular  tijorat  maqsadlarida
             yangi  bilimlardan  foydalanishadi.  Yuqorida  taʼkidlab  o‘tilganidek,
             mamlakatimizda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari bilan
             taqqoslaganda ITTKI natijalarini olish va ularni tijoratlashtirish
             o‘rtasida  katta  tafovut  mavjud.  Buning  o‘ziga  xos  bir  qancha
             sabablari bor. 2016-yil 30-dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
             Mirziyoyevning mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari
             bilan uchrashuvida qayd etilganidek, fan, taʼlim va ishlab chiqarish
             integratsiyasini  yanada  takomillashtirish  muhim  ahamiyatga  ega.

             Bugun jahonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar
             akademiyalari  bilan  ilmiy  hamkorlikni  yanada  mustahkamlashni
             zamonning o‘zi ta lab qilmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning
             zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish
             qiyin.  Ilm-fan  taraq qiyotida  fundamental  tadqiqotlar  muhim
             ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va
             nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion

             ishlanmalar  uchun  mustahkam asos yaratiladi. Mamlakatimizda
             innovatsion taraqqiyot yo‘lida to‘siq bo‘layotgan omillar sirasiga
             ITTKI  mutaxassislarining  bozor  talablariga  anʼanaviy  tarzda  eʼtiborsiz
             munosabatda bo‘lishlari, moliyalashtirish mexanizmlarining eskirganligi,
             ilmiy-muhandislik  ishlarini  tashkil  qilishning  hanuz  eskicha  qolipda
             ekanligi, eski tipdagi idoralarning ustun mavqega ega bo‘lib qolayotganligi
             kabilarni kiritishmiz mumkin. Shu bilan birga, ishlab chiqarish-texnologik
             va  axborot  infratuzilmalari  yetarlicha  rivojlanmagan,  tijoratlashti-
             rish  uchun  zarur  bo‘lgan  litsenziyalash,  sertifikatlash  va  patentlash

             jarayonlari  ortiqcha  byurokratlashtirib  yuborilgan.  Shu  munosabat
             bilan,  O‘zbekistonda yuqori texnologiyali biznes va  texnologiyalarni
             tijoratlashtirish  sohasida  ishlamoqchi  bo‘lgan  xorijiy  mutaxassislar
             birinchi navbatda quyidagi to‘siqlarga eʼtibor berishadi:

                                                  134
   130   131   132   133   134   135   136   137   138   139   140