Page 130 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 130
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
zamonaviy MIT doirasidagi imkoniyatlar va cheklovlar hisoblanadi.
Shunday qilib, R. Nelson texnik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyat-
larini ajratib ko‘rsatar ekan, qatʼiy markazlashtirilgan boshqaruv
va rejalashtirish innovatsion taraqqiyotning amalga oshishiga yo‘l
qo‘ymasligini, shu sababli ham davlatning innovatsion siyosatini
amalga oshirishda bozor regulyatorlarining joriy etilishi bir muncha
ijobiy natijalar berishini taʼkidlab o‘tadi. Shuni taʼkidlash kerakki,
turli mamlakatlar uchun davlat tomonidan tartibga solishning turli
mexanizmlari xos bo‘lsa-da, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning
faqatgina umumiy qoidalari mavjuddir. Bunday umumiy qoidalar
sirasiga konsepsiya mualliflari milliy innovatsion tizimni
shakllantirish va uning samarali ishlashi uchun shart-sharoitlarni
yaratib berishni kiritishadi. Ilmiy-ishlab chiqarish
MILLIY INNOVATSION TIZIM Institutsional
muhiti
muhit
4.3- rasm. Milliy innovatsion tizimning umumiy tuzilmasi
Milliy innovatsion tizimni tadqiq etishda tadqiqotchilar turli
yondashuvlar va yo‘nalishlarga tayanib ish ko‘rsalar-da, konsep-
siya asoschilari milliy innovatsion tizim borasida quyidagi
umumiy taʼrifga to‘xtaladilar: “Milliy innovatsion tizim – bu
milliy chegaralar doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni
ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkilot (tu zilma)lar – kichik va yirik
kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari, texnoparklar
va inkubatorlarning umumiyligidir. Ularning o‘zaro aloqasi
mustahkam milliy ildizlarga, anʼanalarga, o‘ziga xos siyosiy va
129