Page 125 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 125
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
chi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshi rish, raqamli
texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy IT-
HUBga aylantirish maqsadlari belgilab berilgan va mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning asosiy strategik
maqsadi – ilmiy-tadqiqot natijalari va ishlanmalarni iqtisodiyotda
samarali qo‘llash asosida mamlakatimizni ilmiy-texnik taraqqiyot
jihatdan ilg‘or davlatga aylantirishdan iborat ekanligi taʼkidlanadi.
Biroq tarkib topgan vaziyatning o‘ziga xosligi shundan iborat bo‘lib
qolmoqdaki, bugungi kunda ilmiy-texnik salohiyat mavjud bo‘lsa-
da, mavjud ilmiy-tadqiqot ishlanmalaridan tijoriy maqsadlarda
foydalanish darajasi hanuz pastligicha qolib ketmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizning asosiy muammolaridan biri
shundaki, uning iqtisodiyotini innovatsion asoslarga o‘tkazish
masalalarini hal qilishning innovatsion sifat va va mexanizmlari
to‘la-to‘kis ishlab chiqilgani yo‘q. Mamlakatimizda innovatsion g‘oya-
larning tug‘ilishiga va ularni tijoratlashtirishga yordam beruvchi
to‘laqonli innovatsion muhit mavjud emas. Bu innovatsion rivojlanish
sohasida mustahkam qonunchilik bazasining yaratilmaganligi bilan
bog‘liq. Yuqorida tilga olib o‘tilgan muammolarning yechimi bizning
fikrimizcha quyidagi ikkita holat bilan bog‘liq. Bu, birinchidan,
bugungi kunda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatla-
rida shakllanib ulgurgan milliy innovatsion tizimlarning tarkibiga
kiruvchi institutlar va tashkilotlarning umumiyligi sifatida
innovatsion taraqqiyotga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi tashqi shart-
sharoitlarni yaratish zaruriyati bilan belgilansa, ikkinchidan esa
xo‘jalik yurituv chi subyektlarda butun bir innovatsion sikl davomida
g‘oyalarning tug‘ilishi va ularning tijoratlashuviga imkon beruvchi
innovatsion salohiyat – ichki muhitning mavjudligi bilan belgilanadi.
Innovatsion muhit sifatida baholanuvchi ichki muhit va tashqi shart-
sharoitlarning o‘zaro uyg‘unligi samarali innovatsion faoliyatni
amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi (4.1-rasm).
Innovatsion jarayon barcha bo‘g‘inlarining samarali faoliyat
ko‘rsatishini taʼminlovchi zaruriy innovatsion muhitni yaratish
uchun innovatsiyalarni amalga oshirishning barcha ichki va
124