Page 120 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 120
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
vakolatxonalari mavjud, o‘zining innovatsion mahsulotlari bilan tanilgan
bo‘lib, maishiy ro‘zg‘or buyumlari, sanoat mahsulotlari, avtomobil
ehtiyot qismlari va kanselyariya mollari ishlab chiqaradi.
3M (“Uchta M”) XX asrning boshidan beri turli bozorlar uchun
innovatsion ishlanmalar ishlab chiqaradigan Amerika Qo‘shma
Shtatlari dagi eng yirik ishlab chiqarish korporatsiyalaridan biridir.
U innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan kompaniya
sifatida tanilgan. Aynan o‘sha yerda skotch, magnit lenta, rangli nusxa
ko‘chirish mashi nasi, yozuv uchun Post-it yopishqoq varaqlar va bir
martalik respiratorlar yaratilgan. Kompaniyaning onlayn katalogida siz
filtrli yarim niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kombinezonlar, ko‘zoynaklar,
kaskalar, xavfsizlik uskunalari, respiratorlarni topishingiz mumkin.
Yuqori sifatli 3M mahsulotlari qurilish, montaj ishlarida, ishlab chiqarish
va sanoatda foydalanishga, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya
qilishga yordam beradi.
3M mahsulotlari quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:
− tog‘-kon sanoati;
− avtomobil sanoati;
− oziq-ovqat sanoati;
− sog‘liqni saqlash;
− qurilish, montaj ishlari;
− shuningdek, ish joylarida xavfsizlikni taʼminlash.
3M ham korxonalar, ham isteʼmolchilar bilan ishlaydi va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan ulgurji yetkazib berish, shuningdek, chakana
savdo qilish imkoniyatini beradi.
www.spot.uz
4.1. Innovatsion muhit konsepsiyasi va
uning tuzilmasi
Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni taʼminlovchi
yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va
iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini
ko‘rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va
“aqlli” texnologiyalar joriy etilayotgan mamlakatlar taraqqiyoti
119