Page 122 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 122

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          yutuqlari va rivojlanish tendensiyalari lozim darajada kompleks
          tahlil qilinmasdan va o‘rganilmasdan kelgan; innovatsion g‘oyalar,
          ishlanmalar va texnologiyalarni strategik bashoratlash, qo‘llab-
          quvvatlash va joriy etishni, shu ningdek, mamlakatning ilmiy-tadqiqot
          va  axborot-tahlil  muassasalari  faoliyatini  muvofiqlashtirishni

          taʼminlaydigan  yagona  organ  mavjud  emas;  innovatsion  g‘oyalar,
          ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy
          sheriklik imkoniyatlarini keng tatbiq etish, investitsiyalarni jalb
          etishga,  shuningdek,  innovatsion  mahsulotlarni  joriy  etish  uchun
          infratuzilmani  takomillashtirishga  yetarli  eʼtibor  qaratilmayapti;
          yuqori  texnologiyalar,  nou-xau va  zamonaviy ishlanmalarni  joriy
          etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha
          tizimli  va  maqsadga  yo‘naltirilgan  faoliyat  yo‘lga  qo‘yilmagan;
          innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar sohasida yuqori

          salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik
          past darajada saqlanib qolmoqda. Mavjud muammolarni hal qilish,
          shuningdek, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion
          g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, ilmiy yutuqlarni joriy etishni
          rag‘batlantirishning institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini
          tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
          Prezidentining  2017-yil  29-noyabrda  “O‘zbekiston  Res publikasi

          Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmon
          qabul qilindi. Mazkur Farmonga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar
          va  texnologiyalarni  keng  joriy  etish  borasida  Maʼmuriy  islohotlar
          konsepsiyasini  amalda  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha  muhim  qadam
          sifatida qarash mumkin. Hujjat bilan strategik rejalashti rish tizimini
          yaratish, davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini amaliyotga
          tatbiq  etish,  fan  va  innovatsiya  faoliyatini  rivojlanti rishning
          zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, investitsiyalarni keng jalb
          qilish, huquqiy bazani takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovat-

          siya  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlash  va  rag‘batlantirish,  ijtimoiy
          va iqtisodiy hayotning dolzarb sohalariga ilg‘or texnologiyalarni
          faol  joriy  etish  kabi  mamlakat  innovatsion  rivojlanishining  asosiy
          yo‘nalishlari  belgilandi. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi

                                               121
   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127