Page 126 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 126
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tashqi omillarini o‘zaro hamohanglikda rivojlantirish talab etiladi.
Yangiliklar (biznes g‘oyalar, innovatsion loyihalar)ni yaratish va
ularni amalga oshirishning eng muhim sharti innovatsion faoliyat
subyekt lari (tadbirkorlar, innovatsion jamoa, faoliyat ko‘rsatuvchi
kompa niyalar) da quyidagi turli-tuman resurslarning umumiyligi
bilan tavsiflanuvchi innovatsion salohiyatning mavjudligi bilan
belgilanadi:
I
M
4.1-rasm. Innovatsion muhitni shakllantirish
1) Intellektual resurslar (texnologik hujjatlar, patentlar, litsenziya-
lar, yangiliklarni o‘zlashtirish bo‘yicha biznes-rejalar, korxonaning
innovatsion dasturi);
2) Moddiy resurslar (eksperimental va asbob-uskunalar bazasi,
zamonaviy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari uskunalari,
maydonlar);
3) Moliyaviy resurslar (o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari va grantlar);
4) Kadrlar (innovatsiyalarni amalga oshirishdan manfaatdor lider-
novatorlar, personal, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari
bilan xodimlarning hamkorlik va shaxsiy aloqalari ITTKIni amalga
oshirish borasida to‘plangan tajriba, loyihalarni boshqarish tajribasi);
5) Infratuzilma resurslari (korxonalarning o‘z ITTKI bo‘limlari,
yangi mahsulotlar marketingi bo‘limi, patentlashtirish va huquqiy
bo‘lim, axborot texnologiyalari bo‘limi), shuningdek, innovatsion
faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa resurslar.
125