Page 121 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 121

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             eng  muvaffaqiyatli  va  barqaror  hisoblanadi.  Bunday  davlatlarning
             taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatdoshligi tabiiy
             resurslarni  eks port  qilish  va  jismoniy  mehnatdan  foydalanishga
             emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu
             mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni

             joriy  etish  bo‘yicha  davlat  strategiyasining  ijrosi  shartli  ravishda
             “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan
             amalga oshiriladi. Innovatsion rivojlanish uchun masʼul idoralarning
             asosiy  vazifasi  innovatsiya  va  fan  yutuqlarini  keng  joriy  etish
             hisobiga  mamlakatning  iqtisodiy  o‘sishi va jahon  bozorlaridagi
             raqobatbardoshligini  taʼminlash  hamda  iqtisodiyotda  intellektual
             ulushning  ko‘payishi  hisoblanadi.  2017–2021-yillarda  O‘zbekiston
             Respublikasini      rivojlantirishning      beshta     ustuvor      yo‘nalishi
             bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  aholi  farovonligini  tubdan

             oshirish  va  turmush  sifatini  yaxshilash,  jamiyat  va  davlatni  har
             tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya
             qilish  va  hayotning  barcha  sohalarini  liberallashtirish  bo‘yicha
             aniq  maqsadlar  belgilab  olindi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  biz
             O‘zbekistonni  ishlab  chiqarishda  innovatsiya  va  intellektual
             hissaning  yuqori  ulushi  bo‘lgan  barqaror  bozor  iqtisodiyotiga,
             zamonaviy va global bozorda raqobatdosh sanoatga, shuningdek,

             qulay  investitsiyaviy  va  ishchanlik  muhitiga  ega  jadal  rivojla-
             nayotgan mamlakatga aylantirishimiz lozim. Qo‘yilgan maqsadlarga
             O‘zbekis tonni rivojlanishning innovatsion modeliga to‘liq o‘tkaz-
             mas dan turib erishish mumkin emas, bu mamlakatda innovatsion
             fao liyatni  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlashning  hamda  davlat
             boshqaruvi, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaga
             innovatsion  g‘oya lar,  ishlanmalar  va  texnologiyalarni amalda joriy
             qilishni rag‘batlanti rishning samarali tizimini yaratish zaruratini
             taqozo  etadi.  Biroq  boy  intellektual  va  infratuzilmaviy  salohiyatga

             qaramasdan, mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli
             asosda yo‘lga qo‘yilmagan, bunga quyidagi tizimli muammolar
             mavjudligi sabab bo‘lgan: davlatning rivojlanish dasturlarini ishlab
             chi qishda  zamonaviy  fan  va  innovatsion  texnologiyalarning

                                                  120
   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126