Page 123 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 123

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va
             jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy rivojlanish,
             ilg‘or  texnologiyalarni  joriy  etish,  shuningdek,  atrof-muhitni
             muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining
             asosiy yo‘nalishlari nazarda tutildi. Bundan kelib chiqib, Innovatsion

             rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion va
             ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga
             oshiruvchi  organ  etib  belgilandi.  Vazirlik  davlat  ilmiy-texnikaviy
             dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi bo‘ladi, innovatsion
             g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat
             boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari
             va  boshqa  tashkilotlar  faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Innovatsion
             texnologiyalar hisobiga rivojlanishning zamonaviy yondashuvlarini
             ishlab  chiquvchi,  shartli  ravishda  “kelajak  vazirliklari”  deb

             nomlanuvchi  ixtisoslashtirilgan  idoralarni  tashkil  qilish  bo‘yicha
             jahon tendensiyasini qayd etib o‘tish lozim.
                O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda beshta ustuvor
             yo‘nalish     bo‘yicha     rivojlantirishga     yo‘naltirilgan    Harakatlar
             strategiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
             5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
             uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

             to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
             Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshi rish
             hamda  aholi  hayot  darajasi  va  farovonligining  barqaror  o‘sishiga
             imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
             va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy
             etishga,  fan  va  innovatsion  faoliyat  jadal  rivojlanishi  uchun  zarur
             shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan
             birga,  o‘tkazilgan  tahlil  natijalari  mamlakatda  faol  tadbirkorlik  va
             innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada

             yaxshilashga  to‘sqinlik  qiluvchi,  jumladan,  quyidagi  qator  tizimli
             muammolar mavjudligidan dalolat beradi:
                birinchidan, hududlarning mavjud resurs bazasi va salohiyatini
             hisobga olgan holda ilg‘or va zamonaviy innovatsion ishlanmalar,

                                                  122
   118   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128