Page 119 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 119

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV


                             INNOVATSIYALARNI JORIY ETISHDA
              4-MAVZU
                             INNOVATSION MUHITNING O‘RNI


                4.1. Innovatsion muhit konsepsiyasi va uning tuzilmasi

                4.2.  Milliy  innovatsion  tizimni  shakllantirishning  asosiy
             qoidalari, o‘ziga xos jihatlari va bu boradagi asosiy yo‘nalishlar
                4.3. Mamlakatimiz innovatsion infratuzilmasining zamonaviy
             holati
                Mavzuning qisqacha sharhi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot-
             larning rivojlanishdan orqada qolishi ko‘p jihatdan mazkur
             mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion mexanizm va innovatsiyalar
             sifatining  yetishmasligi  bilan  shartlanadi.  Innovatsion  mexanizm

             va  jarayonlar  sifatini  oshirmasdan  turib  innovatsion  iqtisodiyotni
             qaror  toptirish  mumkin  emas.  Innovatsiyalarni  tijoratlashtirish
             samaradorligi      masalalari      dunyo      mamlakatlari       innovatsion
             rivojlanishining  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biridir.  Zamonaviy
             sharoitda aynan innovatsiyalarni tijoratlashtirish ko‘plab rivojlangan
             mamlakatlarning yuqori texnologiyali mahsulotlar xalqaro bozorida
             yetakchi o‘rinlarga erishishiga ko‘maklashdi, korxona va tashkilotlar

             amaliyotida innovatsion faoliyat natijalarini muvaffaqiyatli amalga
             oshirishning asosiy shartiga aylandi.
                Innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonlarini maqbullashtirish
             maqsadida har bitta mamlakat o‘z innovatsion muhitini yaratishga
             intiladi. Innovatsion muhit yangi ishlanmalar, yangi ixtirolar qilish,
             bir so‘z bilan aytganda yangi g‘oyalarni hayotga ko‘chirishga imkon
             beruvchi  qulay  shart-sharoitlar  majmuini  ifoda  etadi.  Innovatsion
             muhitning qulayligi innovatsion infratuzilmaning qay darajada rivoj-
             langanligi bilan belgilanadi.



                          Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri
                                  3M O‘zbekiston bozoriga kirdi
                Kompaniya  mahsulotlari  katalogidagi  birinchi  mahsulot  shaxsiy
             himoya  vositalari  bo‘ldi.  Kompaniyaning  dunyodagi  60  mamlakatda

                                                  118
   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124