Page 124 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 124

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          texnologik loyihalar – start-uplar va innovatsiyalar bozorini tizimli
          tahlil qilish yo‘lga qo‘yilmagan;
            ikkinchidan, innovatsion loyihalar – start-uplarga investitsiya-
          larni jalb etish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasiga in-
          no vatsiyalarni  faol  joriy  qiluvchi  iqtidorli  tadbirkorlar  faoliyatiga

          ko‘maklashish  va  muvofiqlashtirish  ishlari  lozim  darajada  amalga
          oshi rilmayapti;
            uchinchidan, innovatsion rivojlanish sohasida, ayniqsa, joylarda
          ishbilarmonlik muhiti past darajada, shuningdek, innovatsion va
          muvaffaqiyatli  texnologik  loyihalar  –  start-uplarni  ishlab  chiqish
          va  ilgari  surish  bo‘yicha  zarur  ko‘nikmalarga  ega  tadbirkorlarning
          yetish movchiligi saqlanib qolmoqda;
            to‘rtinchidan,         innovatsion       g‘oyalar,     ishlanmalar        va
          texnologiyalarning  maʼlumotlar  bazasi  mavjud  emas,  yangi

          resurslarni  yara tish  va  tajribani  biznes-tuzilmalarga  o‘tkazish
          amaliyoti rivojlanmasdan qolmoqda;
            beshinchidan,        innovatsion ishlanmalar bozorini qo‘llab-
          quvvatlash mexanizmlari sust darajada ishlab chiqilgan, innovatsion
          g‘oya lardan  samarali  foydalanishni  muvofiqlashtirish  yo‘lga
          qo‘yilmagan, innovatsion ishlanmalarning sifati esa bozor talablariga
          javob bermaydi;

            oltinchidan, innovatsion ishlanmalar, texnologik loyihalar, start-
          uplar  sohasiga  texnika  oliy  taʼlim  muassasalari  bitiruvchilari  va
          iqtidorli yoshlarni jalb etishga, shuningdek, biznes-inkubatorlarni
          yaratishga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti;
            yettinchidan,       aholi     o‘rtasida    innovatsion      tadbirkorlikni
          ommalashtirish  ishlari samarali  olib borilmayapti, innovatsion
          mahsulot  va  xizmatlarni  ishlab  chiqishga  va  ilgari  surishga  jalb
          qilishda texnik va psixologik to‘siqlar saqlanib qolmoqda.
            “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030-yilga qadar iqtisodiyot

          hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘l gan
          davlatlar”  qatoriga  kirish,  mahalliy  xomashyo  bazasidan  samarali
          foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlan-

          tirish, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qay ta tiklanuv-
                                               123
   119   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129