Page 115 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 115

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             hayvonlar  tuproqni  tabiiy  o‘g‘itlashini  taʼminlash  maqsadida
             hayvonlarni yaylovlarda boqish tartibi ishlab chiqiladi.
                Tabiatga taqlid qilgan holda regenerativ qishloq xo‘jaligi yerni
             yoshartiradi va tuproqning uglerodni olish va saqlash qobiliyatini
             sezilarli darajada  oshiradi. Mabodo  biz butun dunyoda yoppasiga

             regenerativ  qishloq  xo‘jaligiga  o‘tadigan  bo‘lsak,  atmosferaga
             chiqarilayotgan  CO2  gazlarini  100  foizga  qisqartirishimiz  mumkin
             bo‘ladi, shu bilan bir qatorda, regenerativ qishloq xo‘jaligi yovvoyi
             tabiat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, suvni tejash borasida
             qator imkoniyatlarni taqdim qiladi.
                The North Face, Burberry, Timberland, Patagonia, Stella McCartney
             va Eileen Fisher kabi katta-kichik brendlar bugungi kunda regenerativ
             qishloq  xo‘jaligiga  investitsiya  kiritishgan.    Gucci,  Bottega Veneta,
             Balenciaga va Aleksandr McQueen kabi taniqli brendlarni o‘z ichiga

             olgan Kering guruhi bir million gektar ekin va yaylov yerlarida
             regenerativ usullarni joriy etishni maqsad qilgan regenerativ tabiat
             jamg‘armasining asoschilaridan biri sanaladi”.


                                               Savollar
                1.  Organik  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirish  imkoniyatlarini  qanday
             baholaysiz?

                2. Atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan “yashil” qishloq xo‘jaligini
             rivojlantirish borasida qanday takliflarni ilgari surgan bo‘lar edingiz?
                3.  O‘zingizga  tanish  bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligi  korxonasida  organik
             qishloq  xo‘jaligiga  o‘tishni  amalga  oshirish  uchun  qanday  vazifalarni
             amalga oshirish zarur, deb o‘ylaysiz?


                     Keys. “Toyota” benzinli avtomobillardan butunlay
                                 voz kechishni rejalashtirmoqda
                Spot.uz saytida yozilishicha, kompaniya AQSh bozoridagi barcha

             avtomobillar qatorini gibrid modellarga almashtirishi mumkin.
                  “Toyota”  AQSh  bozoridagi  barcha  avtomobillar  qatorini
             gibrid  modellarga  almashtirishi  mumkin.  Ushbu  masala  bo‘yicha
             yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo brend bu harakatda

                                                  114
   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119   120