Page 111 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 111

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             yettita unsurni o‘z ichiga olgani holda, ularning yagona ketma-ket
             zanjirga ulanishi innovatsion jarayonning tuzilmasini tashkil qiladi.
             Ushbu unsurlar quyidagilardan iborat:
                •  innovatsiyalar bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
                •  innovatsiyalar marketingi;

                •  innovatsiyalarni yaratish (ishlab chiqarish);
                •  innovatsiyalarni joriy etish;
                •  innovatsiyalarni ilgari surish va targ‘ib qilish;
                •  innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash;
                •  innovatsiyalar diffuziyasi (innovatsiyalarni yoyish).
                Innovatsion  jarayonning  dastlabki  bosqichi  –  bu  innovatsiyalar
             borasida tashabbus ko‘rsatishdir. Tashabbus ko‘rsatish  – bu
             innovatsiya maqsadini tanlash, innovatsiya oldiga qo‘yilgan vazifani
             aniqlashtirish, innovatsiya uchun g‘oya izlash, uni texnik-iqtisodiy

             asoslash va keyinchalik g‘oyani yangi mahsulot yoki texnologiyada
             moddiylashtirishdan iborat faoliyatdir.
                Yangi  mahsulotni  (texnologiyani)  tanlash  asoslagandan  so‘ng,
             taklif  etilayotgan  innovatsiya  bo‘yicha  marketing    tadqiqotlari
             o‘tkaziladi, uning davomida yangi mahsulotga (texnologiyaga) talab
             o‘rganiladi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, isteʼmol xususiyatlari
             va tovarning innovatsionlik  xususiyatlari aniqlanadi. Shundan so‘ng,

             innovatsiya natijasini sotish jarayoni boshlanadi, yaʼni bozorda asta-
             sekinlik bilan innovatsiyalarning kichik partiyasi paydo bo‘ladi, uni
             ilgari  surish,  samaradorlikni  baholash  va  tarqatish  bo‘yicha  ishlar
             jonlantiriladi.
                Innovatsiyalarni ilgari surish va targ‘ib qilish innovatsiyalarni so-
             tishni rag‘batlantirish bo‘yicha reklama, sotish jarayonini tashkil qi-
             lish, talabni rag‘batlantirish kabilardan iborat chora-tadbirlar maj-
             muidan tashkil topadi.
                Innovatsiyalarni amalga oshirish natijalari va ularni bozorga olib

             kirish xarajatlari statistik qayta ishlanadi va tahlil qilinadi, shu asosda
             innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi hisob-kitob qilinadi.
                Innovatsiyalarni yoyish nuqtai nazaridan innovatsion jarayonning
             uch xil ko‘rinishi farqlanadi:

                                                  110
   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116