Page 108 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 108
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Shu tariqa innovatsion jarayonni boshqarish modeli sifatida
ochiq innovatsiyalardan iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida
tobora keng roq foydalanilmoqda. Alohida ixtisoslashgan ilmiy-
tadqiqot laboratoriyalarini saqlash xarajatlarining yuqoriligi
bois, kompaniyalar ochiq innovatsion markazlarni yaratishga,
hamkorlikda ishlanmalarni yaratishga katta eʼtibor qaratmoqdalar.
O‘zining ichki muhiti bilan cheklanib qolgan kompaniya innovatsion
ishlanmalarning yaratili shiga takroriy sarf-xarajatlarni amalga
oshirish hisobiga o‘zlarining barcha resurslarini sarflab tugatadilar.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish natijasida olingan xulosalar
va yaratilgan ishlanmalarni ommaga, manfaatdor tomonlarga
oshkor etmaslikni afzal ko‘rgan tashkilotlar olinishi mumkin bo‘lgan
foydaning maʼlum bir qismini ololmasdan qoladilar. Yaratilgan
ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan o‘z vaqtida
foydalanilmasligi innovatsion g‘o yalarning ixtirochilari va ilg‘or
texnologiyalarning yo‘qotilish xavfini kuchaytiradi. Kompaniyada
mavjud bo‘lgan innovatsion jarayon mo deli ham tegishli biznes-
modelini yaratishni nazarda tutadi. Shubhasiz, innovatsiyalarni
tijoratlashtirish, ularning innovatsiyalarga aylanishi, birinchi
navbatda, hayotiy va raqobat sharoitida yashovchan biznesni
shakllantirishni talab etadi. Garvard biznes maktabi professori Genri
Chesbro bu borada shunday fikr bildiradi: “Texnologiyada aslida
hech qanday o‘ziga xos ichki qiymat mavjud emas – uning qiymati
mazkur texnologiyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishini
taʼmin etadigan biznes-model bilan belgilanadi” .
10
O‘z navbatida, texnologik yangiliklarning tijoratlashuvi tashkiliy
innovatsiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirishni talab qiladi. Ushbu
holatda, tashkiliy innovatsiya deyilganda mos innovatsion biz nes-
modelning asoslanishi nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda,
innovatsion biznes-model – bu innovatsiyalarni ishlab chiqish va
ti joratlashtirish jarayonida kompaniyaning imkoniyatlarini bozor
im koniyatlari bilan bog‘lashning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan
mexa nizmdir.
10 Chesbrough, Henry W. Open Innovation: The New Imperative for Creating and Profiting from Technology, 272
pages, 2003
107