Page 107 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 107

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             kunda bir paradigmadan boshqa bir paradigmaga o‘tish jarayonini
             boshdan  kechirmoqdalar.  Yuqorida  tilga  olib  o‘tilgan  sohalarda
             faoliyat ko‘rsatuvchi eng yirik kompaniyalardagi novatsiyalar ilmiy-
             tadqiqot  ishlarini  olib  boruvchi  markazlashtirilgan  laboratoriyalar
             chegaralaridan tobora tashqariga chiqmoqda. Shunisi aniqki, ochiq

             innovatsiyalar modeli tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida mutlaqo
             o‘zgacha  tamoyillarni  va  kompaniyalar  faoliyat  yuritishi  borasida
             boshqacha biznes-modellarni ishlab chiqishni talab etadi. Bugungi
             kunda  biznes  innovatsion  salohiyatning  asosiy  harakatlantiruvchi
             kuchi tashqarida bo‘lgan innovatsion faoliyatning yangi bosqichiga
             qadam qo‘ymoqda. Shunga qaramasdan atom energetikasi sanoati,
             harbiy-sanoat majmui kabi tarmoqlar mavjudki, ular yopiq innovatsion
             model sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘plab sanoat tarmoqlari bugungi
             kunda ochiq innovatsiyalardan foydalanish jarayoniga o‘tish bosqichida.

             Iqtisodiyotning ushbu sohalaridagi innovatsiyalarni shakllantirish
             markazi  yirik  markaziy  ilmiy-tadqiqot  laboratoriyalari dan  bugungi
             kunda keng rivoj topayotgan start-up kompaniyalarga, universitetlarga
             va shuningdek innovatsion jarayonlarning vositachisi bo‘lgan boshqa
             tashkilotlar tomonga siljib bormoqda.
                Shu  bilan  birga  kompaniyalar  innovatsion  faoliyatni  amalga
             oshi rishda o‘zaro hamkorlik va birgalikda qo‘shma loyihalarni

             amalga  oshi rishga  katta  eʼtibor  qaratmoqdalar.  Joel  Vest  va  Skott
             Gallagerlar  ochiq  innovatsion  tizimning  uch  asosiy:  motivatsiya,
             integratsiya,  innovatsiyalardan  samarali  foydalanish  vazifasini
             ajratib ko‘rsatishadi. Shuningdek, mualliflar ochiq innovatsiyalarni
             rivojlantirishning to‘rtta asosiy strategiyasini farqlab ko‘rsatadilar:
                1. Umumiy fondga qo‘shilish orqali tadqiqotlarni amalga oshirish
             va ishlanmalarni yaratish jarayonini tashkil etish.
                2. Yakka tartibdagi kompaniyalar tomonidan innovatsion
             mahsulotning alohida komponentlarini ishlab chiqish.

                3.  Turli  innovatsion  mahsulotlarni  yaratishda  foydalanilishi
             mumkin bo‘lgan keng qo‘llanishdagi ishlanmalarni erkin sotish.
                4.  Yirik  firmalarda  innovatsiya  sohasida  qaror  qabul  qilish
             borasidagi byurokratiya darajasini sezilarli darajada pasaytirish.

                                                  106
   102   103   104   105   106   107   108   109   110   111   112