Page 102 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 102

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          muddatli ilmiy-tadqiqot dasturlari mavjud kompaniyalargina,
          bozorda  chindan  ham  raqobatlasha  olishlari  mumkin.  Amerikalik
          professor  Genri  Chesbro  tomonidan  “yopiq  innovatsiyalar”
          paradigmasi, deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni
          faqatgina  o‘zlarining  ichki  imkoniyatlariga  tayanib  ish  ko‘rishga

          majbur qiladi. Ular ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga
          katta  sarmoya  kiritganliklari  bois,  ancha  zamonaviy  tavsifga  ega
          kashfiyot va ixtirolarga ega bo‘ladilar.
            Bunday  kashfiyotlar  mazkur  kompaniyalarga  yangi  mahsulot  va
          xizmatlarni taklif qilish evaziga mahsulot va xizmatlar savdosining
          katta hajmini qo‘lga kiritish va ulardan yuqori daromad olishni taʼmin
          etadi. Bu esa ularga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga
          katta miqdorda sarmoya kiritish evaziga navbatdagi yangi kashfiyot
          va  ishlanmalar  yaratish  imkonini  beradi.  Ichki  ilmiy-tadqiqot  va

          tajriba-konstruktorlik  ishlarining  natijasi  sifatida  yuzaga  keluvchi
          intellektual  mulk  o‘ta  jiddiy  muhofaza  qilinganligi  bois,  boshqa
          kompaniyalar  ushbu  g‘oyalardan  foyda  olish  maqsadida  foyda lana
          olmaydilar.  “Yopiq  innovatsiyalar”  paradigmasi  doirasida  ITTKIni
          boshqarish quyidagicha ko‘rinishga ega (3.6-rasm).
            Ushbu paradigmaning o‘ziga xos jihati shundan iboratki,
          innovatsiyalar  bilan  bog‘liq  barcha  jarayonlar  “ichki  yechim  va

          qarorlar”ga asoslangan holda kompaniya chegarasida amalga oshadi
          (3.6-rasm).
            “Yopiq  innovatsiyalar”  modeliga  asoslangan  mazkur  paradigma                                                                                                                   Ishlanmalar
          deyarli  butun  XX  asr  davomida  ishonchli  tarzda  amal  qilib  keldi,
          ammo so‘nggi yillarda yopiq innovatsiyalarning asosiy tamoyil-
          lariga  putur  yetkazuvchi  bir  qator  omillar  yuzaga  chiqdiki,  buning
          natijasida innovatsion jarayonlar tobora ochiqlik kasb etib bormoq-
          da.  Bunga  sabab  sifatida  2000-yillarning  boshida  vujudga  kelgan
          quyidagi o‘zgarishlarni keltirib o‘tishimiz mumkin:










                                               101
   97   98   99   100   101   102   103   104   105   106   107